23:00 Bugungi to'rtimiz"To'rt kitob | |
Bugungi to'rtimiz"To'rt kitob
" Bir kun oldin biskvit pishirib oldim.Kecha 13dan 17gacha shu to'rt b-n ovora bo'ldim. Shunday qilib ichini o'zingiz xoxlaganizcha qilasiz,manda esa zakazim mevali to'rt edi. 1qavati-bananli 2qavati -yong'oqli 3qavati-ananasli bo'ldi . ![]() To'rtni muzlatgichga qo'yib,ganash tayyorladim: Ganash 100gr qaymoq 100gr shok.plitka Gazga qaymog'ingizni qo'yasiz. Atrofi qayni boshlaganida, gazni o'chirib,shok-ni bo'lib(maydaroq bo'laklarga) issiq qaymog'ingizga solib aralashtirasiz..Man oq shok. ishlatdim,chunki mastikam pushti edi.Butun jarayon mobaynida aralashtirib turasiz. Ganash sovugach,qotib qolmasidan to'rt ustiga surasiz. ![]() Aytgancha ganash surishdan oldin to'rtni bir chekkasidagi qirralarini kesib,dumaloqlab,tekkislab olamiz. ![]() E'tibor bergan bo'lsangiz ganash to'rtning hamma yog'iga surilgani yo'q, faqat mastikaning tagiga surildi. Chunki mastikaning tagiga yo ganash yo sgush+sariyog'li krem ishlatiladi. Keyin to'rtingizni yana muzlatgichga qo'yasiz.Bir ozdan so'ng olib,pichog'ingizni qaynoq suvda isitib,quruqlab,to'rtni ustini tekkislaysiz. Tekkislangan to'rtning ustini mastika bilan qoplaysiz. ![]() ![]() Chap tarafdagi mastikani to'rtning tagiga kirgizib qo'yamiz.Tushuntira oldim shekilli. Endi kitobning varoqlarini qilamiz. Buning uchun belkoviy krem tayyorlab olamiz.To'rtim 20 kishilik edi.Shuning uchun 3ta tuxumga krem qildim. Bemalol etdi,qoldiyam. ![]() Kremni qalin qilib surasiz va arrada varoqlarning chiziqlarini tuchurib olasiz. Qolgan kremni sariqga bo'yab qopchaga soldim. ![]() ![]() ![]() O'zi kitob atrofidagi sariq bezakni krem bilan emas,mastikadan yasalgan jgut bilan bezatishim kerak edi. Vaqtim kam bo'lgani uchun krem ishlatdim . Xullas kitobimiz tayyor bo'ldi.Endi uni xoxlaganizcha bezatsangiz bo'ladi: ![]() ![]() Man "червячок"ni to'rtni ustiga qo'ygunimcha,qizlarim bolachasini yasab qo'yishibdi,uni ham qo'yib qo'ydim. ![]() Kichkinamni esa ko'zlari quvonib ketdi ![]() Man rus forumlaridan ko'p narsalarni o'rgandim va keragini jamlab bezatdim.Odamlani avtorlik xuquqlari buzulmasligi uchun aytib qo'yyapman. Mana yana ideyala: ![]() ![]() ![]() Bu kitobning ichida 2-ta to'rt,shuning ushun ochiq kitob bo'ldi. ![]() Agar nimanidir yaxshi tushuntira olmagan bo'lsam uzr,savollaringizga javob berishga tayyorman. Albatta kamchiliklarimni xam yozing. | |
Категория: Oshxona | Просмотров: 636 | |
Всего комментариев: 1 | |
| |