Главная » 2011 » Май » 13 » Yuragimning ey, qadrdon begonasi…
09:09
Yuragimning ey, qadrdon begonasi…
love friend love

Qahratonday jon-jonimdan o’tdingiz-ku,
Bahor edim boshginamga yetdingiz-ku,
Sekin- sekin ko’ngil uzib ketdingiz-ku,
Mendan ketmoqlikka biror yo’l bo’ldimi.?
Yuragimning, ey qadrdon begonasi,
Ko’zlarima ko’zlaringiz devonasi,
Sochlarimning shamolidan uyg’onasiz,
Sochim qo’msab kiprigingiz ho’l bo’ldimi?
Tunlarimni yoritmagan yorug’ shamim,
Ko’nglingizda ko’rinmadi zarra g’amim.
Beqasamdan to’nlar kiygan beqasamim,
O’ng deb yurgan yo’llarimiz so’l bo’ldimi.?
Ko’ksingizga ishqdan tumor taqqan edim,
Ko’zingizga olov bo’lib boqqan edim,
Ko’nglingizda o’tlar yoqqan edim,
Biz yoqqan ul o’tlar bugun kul bo’ldimi.?
Gullaringiz hazon bo’ldi, bo’zladingz,
Qaysi gulning poylarida tizladingiz?
Gulzor kezib qandoq gulni izladingiz?
O’zga gullar mendek gul bo’ldimi?
Guliston ham endi cho’l bo’ldimi?
Yuragimning ey, qadrdon begonasi…
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 566 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 3
0  
2 nasri   (13.05.2011 14:43) [Материал]
tongue tongue tongue tongue

0  
3 Oyimtila_Honimcha   (13.05.2011 19:36) [Материал]
confused confused

0  
1 Oyimtila_Honimcha   (13.05.2011 09:10) [Материал]
Yuragimning ey, qadrdon begonasi… sad sad sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]