Главная » 2011 » Апрель » 9 » yod eting
00:28
yod eting

Taqdir bir kam yaralgan,
dunyo emas,
Bir telbaman, aql-u, xushga
oshno emas.
Dil o`kinchim:ketavering,
ortga boqmay, Mening uchun siz
baxtiyor
bo`lsangiz bas!
Yig`lab-yig`lab tugar bir kun
ashkim bori,
Kuylay-kuylay uziladi
qalbim tori. Mayli yog`sin bu
boshimga
tog`lar qori,
Mening uchun siz baxtiyor
bo`lsangiz bas!
Mayli mening osmonimga oy
chiqmasin, Yurgan yo`lim, sahro
bo`lsin,
soy chiqmasin.
Qabri uchun yer yuzidan joy
chiqmasin,
Mening uchun siz baxtiyor
bo`lsangiz bas! Iltimosim:
ortingizga boqmay
keting,
Baxtli kunda men telbani bir
yod eting.
So`ngi so`zim: baxtingizni
mahkam tuting, Mening uchun
siz baxtiyor
bo`lsangiz bas
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 502 | Добавил: sher_lev | Теги: 215130
Всего комментариев: 2
0  
2 SuperGirl   (15.05.2011 21:37) [Материал]
zo'r ekan

0  
1 Oyimtila_Honimcha   (16.04.2011 04:29) [Материал]
Raxmat smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]