Главная » 2011 » Июль » 14 » Yaxshi bo'ldi sendan ayrildim......
08:56
Yaxshi bo'ldi sendan ayrildim......



Yaxshi bo’ldi- sendan ayrildim,
Ketmog’im chun topib berding yo’l.
Bu dunyoda seni topdim deb,
Yo’qotibman o’zimni butkul.

Yaxshi bo’ldi, yechildi bugun,
Oyog’imdan bu zanjir, bu g’ul.
Ikki dunyo seni shohim deb,
Qul qilibman o’zimni butkul.

Yaxshi bo’ldi, yomon bo’lsa ham,
Yuragimni ezsa ham darding.
Men aqlini topgan telbaday,
Poylaringdan boshim ko’tardim.

Kechir, ozor berib mehrim-la,
Zeriktirdim men-sodda, men-go’l.
Bu dunyoda seni borsan deb,
Boshqalardan kechibman butkul.

Xudoyimning jazosi qutlug’
Sendan ketdim, ey qahrli gul .
Shukr, shukr…Seni yod etib,
Unutibman Xudoni butkul.

Shuning chun ham omon bo’l endi,
Men bariga silkib qo’ydim qo’l.
Angladimki, seni yo’qotsam,
Xudoyimni topaman butkul.

Endi xayr, endi alvido.!
Bari ro’yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig’maganimday,
Yuragimga sig’masman butkul.

Men mehrmand, telba, go’dakday,
Ko’z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi… seni topganim,
Yaxshi bo’ldi-sendan ayrildim.
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 761 | Добавил: BVLGARI
Всего комментариев: 7
0  
7 sher_lev   (14.07.2011 20:53) [Материал]
OHHO MOTOM HONA BULIB KETIBDIKU AAAA 148

0  
6 shahzoda   (14.07.2011 17:32) [Материал]
cray

0  
5 tasnimka   (14.07.2011 14:22) [Материал]
cray HMM NURI ACHINARLIAKAN, SAL SHO'XROG'IDANAM QO'YIN.

0  
4 BVLGARI   (14.07.2011 09:13) [Материал]
cray

0  
3 BVLGARI   (14.07.2011 09:13) [Материал]
Yahshila Shekilli

0  
2 BVLGARI   (14.07.2011 09:13) [Материал]
Xa Aka Achinarlimikan Achinarli Bo'sa Men Ham O'qiychi[/color]

0  
1 sher_lev   (14.07.2011 09:08) [Материал]
cray

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]