Главная » 2011 » Апрель » 17 » Xitoy 2030-yilga kelib AQShdan o‘zib ketishi mumkin ↓
08:22
Xitoy 2030-yilga kelib AQShdan o‘zib ketishi mumkin ↓



Xitoy yalpi ichki mahsulotining o‘sishi keyingi 20 yil ichida ham 8% dan pastga tushmay saqlanib qolsa, u 2030-yilga kelib AQShdan o‘zib ketishi va jahonning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin. Bu haqda Jahon bankining bosh iqtisodchisi Jastin Lin shu yilning 23-mart kuni Gonkongda bo‘lib o‘tgan forumda ta’kidlab o‘tgan.

O‘tgan yili Yaponiyani quvib o‘tgan va jahonning ikkinchi raqamli iqtisodiyotiga aylangan Xitoy 2011-yilda ham yalpi ichki mahsulot o‘sishini 8% dan pastga tushirmaslikni o‘ziga maqsad qilib olgan.


"Xitoy 2030-yilga kelib jahonning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin”, – deydi Jastin Lin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi so‘nggi 20 yilda eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakat bo‘ldi. 1990-2010 – yillar mobaynida Xitoy iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 10,4% dan o‘sdi. Bunday ko‘rsatkich boshqa hech qaysi mamlakatda kuzatilmaydi.

Biroq, Jahon banki ekspertining fikricha, Xitoyning muvaffaqiyatlari jahon iqtisodiyotini joriy inqirozdan qayta tiklanishiga halaqit berishi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatda aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut ham borgan sari kattalashib bormoqda



Категория: Har-Xil | Просмотров: 511 | Добавил: JONIM-FIDO
Всего комментариев: 8
0  
8 Ciro   (26.04.2011 20:34) [Материал]
Hitoy jahon iqtisodiyotida muhim o`ringa ega.

0  
7 Oyimtila_Honimcha   (23.04.2011 04:45) [Материал]
bo'lishi mumkin emas Amerika doim birinchi

0  
6 shoxjoxon   (17.04.2011 17:19) [Материал]
yaxshi

0  
5 marka   (17.04.2011 14:14) [Материал]
Яна Янги кизикарли маълумотлардан кутиб коламиз

0  
4 BVLGARI   (17.04.2011 14:02) [Материал]
xitoy bosib ketganu hamma yog'ni

+2  
3 hilola   (17.04.2011 12:00) [Материал]
sizlarni bohalarinda bizham bilib oldik

+2  
2 hilola   (17.04.2011 11:59) [Материал]
zorkuu malumotlar

0  
1 QoRaKoZ   (17.04.2011 11:18) [Материал]
малумотлар учун рахмат

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]