Главная » 2011 » Май » 15 » Toshkent metropolitenining o‘nta bekati yopiladimi ? !
08:52
Toshkent metropolitenining o‘nta bekati yopiladimi ? !




O‘zbekiston Milliy matbuot markazida poytaxtimiz metropoliteni infratuzilmasini takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi (DUK) tomonidan manfaatdor idora va tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Bugun poytaxtimizni eng tez va qulay yo‘lovchi transporti bo‘lgan metrosiz tasavvur qilish qiyin. Prezidentimiz Islom Karimovning 2006-yil 11-yanvarda qabul qilingan "Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni metropoliten faoliyatini takomillashtirishda ham muhim omil bo‘layotir.

Toshkent metropoliteni uchta – Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishlaridan iborat. Ularning umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi. Har kuni metro orqali 180-200 ming yo‘lovchi o‘z manziliga yetkaziladi.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yunusobod yo‘nalishining foydalanishga topshirilishi istiqlol yillarida erishilgan eng katta yutuqlarimizdan bo‘ldi, – deydi "Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi boshlig‘i Baxtiyor Sodiqov. – Ayni paytda ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va yangi texnikani joriy qilish ishlari faol davom ettirilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi vaqtda qator internet-nashrlarda go‘yo Toshkent metropolitenining o‘nta bekati yopilar emish, qabilidagi xabarlar tarqatildi. Matbuot anjumanida bunday mish-mishlarning mutlaqo asossiz ekanligi ta’kidlandi. Toshkent metropoliteni jamoasi Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Xususan, metropoliten bekatlarini yanada obodonlashtirish va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Har kuni barcha poyezdlar tarkibi texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Hozirgi kunda hamma bekatlarda keng ko‘lamli videokameralar o‘rnatilmoqda, har bir bekatda ichki va tashqi militsiya patruli navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan.


Категория: Авто | Просмотров: 661 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 nasri   (15.05.2011 18:24) [Материал]
surprised surprised surprised surprised

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]