Главная » 2011 » Апрель » 12 » To'y bir marta bo'ladi...
23:35
To'y bir marta bo'ladi...

Assalamu alaykum va raxmatullohu va barakotuh Aziz dindoshim. Bugun sizlarga Taqdim etmoqchi bo'lgan Mavzu. bugungi kunda juda xam dolzarb. O'qib o'z fikringizni bildiring...
To'yxonaga kirib kelgan oq libosli kelinchakka ko'p qizlar xavas ila qaraydi. Yigitlar esa kelinchakka yeb qo'ygudek tikiladi. Kotta yoshli ayollar esa biri yaxshi niyat qilib duo qiladi. yana biri esa ((Judayam ochiq ko'ylak kiyibdi, yengi xam yo'q)) deya etiroz bildiradi. Xo'sh Bugungi kunda kelinchaklarimizga Ochiq, yengi yo'q, va Ko'kragi ko'rinib turadigan ko'ylaklar yoqadimi?.. Bir kelinchakni bilaman. To'ydan so'ng mexmonga kelinoyim bilan birga borgandik. Kelinoyim rosa ochiq ko'ylak kiyibsan, didila. Kelinchakning javobi esa mani Lol qoldirdi. ((To'y bir marta bo'ladi, shunga shunaqa ochiq orzuimdegi ko'ylakni kiyib oliy didimda.)) Bugungi kunda bazi kelinchaklarimiz shunaqa orzu bilan ochiq ko'ylak kiyishvottimi?.. Kelinchaklarimiz oq ochiq libos kiyishni bunchalar yaxshi ko'rishmasa.
Yana bir voqea yodimga tushdi. To'y bo'lyapti. Kelinchak esa yuzi ochiq xolda yonidagi dugonasi bilan bir narsalarni gaplashadi, bemalol kuladi... Avvalgi kelinchaklar, dugonasi bilan gaplashish u yoqda tursin, yuzini ochish u yoqda tursin, boshini sal ko'tarishga xam uyalishgan-ku... Ibo xayo ila yuzlari yerga tikilgan ko'yi o'tirgan kelinchak bilan, yuzi ochiq dugonasi bilan tinmay gap sotib kulayotgan kelinchakning orasida osmon bilan yerchalik farq bor. shunday emasmi aziz dindosh. Bu gaplarim bilan Kelinchaklarga loy chaplamoqchi emasman. Aziz dindosh bir o'ylab ko'ring. Ibo xayo ila oq xarir libosda o'tirgan kelinchak, xar bir qizda o'zgacha xavas uyg'otadi. xar bir qizga tarbiya tomondan xam tasir qiladi... Yuzi ochiq dugonasi bilan tinmay gap sotib kulayotgan kelinchakni ko'rgan xar bir qizning miyasida o'zgacha fikrlar.(( Xozir kelinla bemalol yuzini ochib gaplashib o'tirarkan, demak xammaga mumkin.Ko'ylagi chiroyli ekan. man xam shunaqa ko'ylak kiyaman)) Bu gaplarim kimlargadir og'ir botgan bo'lsa uzr. Xar bir qizga iboli-xayoli va go'zal kelinchak bo'lish nasib etsin. Allohim xar bir qiz va kelinchakka iymon-u,insof bersin omin. Assalamu alaykum va raxmatullohu va barakotuh

Категория: Har-Xil | Просмотров: 775 | Добавил: JONIM-FIDO
Всего комментариев: 1
0  
1 marka   (14.04.2011 17:53) [Материал]
Узи хозирги чиквотган куйлаклар хам очик енги йукде. Шунинг учун хамма шунакасини кийса керак. Инсофни хар кимни узига берсин. Бир хил одамлар бор хижобга кириб хам килар ишини килиб юришибди .Ман бу билан хижобдагиларни ёмонламокчимасман . Шунчаки узимми фикримни этвопман. ОЛЛОХИМ узи хаммани калбига иймон нурини солсин . ОМИН.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]