Главная » 2011 » Июль » 14 » SOG'INDIM
09:30
SOG'INDIM


Sog'indim men o'sha baxtli kunlarni

Sizni o'ylab o'tgan bedor tunlarni.

Sog'indim. sog'inchim ortiq aytolmam

Afsus, yoningizga endi qaytolmam.



Sog'indim. Sog'inchdan g'ururim ustun

G'urur sevgimizga yasadi yakun.

Bilaman Siz-da meni sog'inmoqdasiz

Dil to'lib, yig'lolmay, o'rtanmoqdasiz.



Sog'indim. Bir bora yuzingiz ko'rsam,

bir jur'at bo'lsa-yu, holingiz so'rsam.

Lek g'urur qurg'urim aslo yo'l qo'ymas

Sevinib sevishga bir imkon bermas.



Sog'indim. Sog'inchim kimga aytayin?

Unutdim deb endi qanday qaytayin?

Qandayin aytayin Sizga sog'inchim,

Juda sog'inyapman Sizni sog'inchim.



Sog'indim. sog'inchli shirin gaplarni

Sog'inib o'qiyman eski xatlarni.

Siz yozgan xatlardan Sizni izlayman

Afsus-la, alamdan o'zim yig'layman.



Bilaman sog'inib Siz ham o'ylaysiz

Xato qildim deya o'zni qiynaysiz.

Ammo g'ururingiz sog'inchdan ustun

Go'zal sevgimizga aylagan yakun.
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 1399 | Добавил: BVLGARI
Всего комментариев: 4
0  
4 mehribonginam   (15.07.2011 21:03) [Материал]
Assalomualekum nuri uzur shu sherni ovozli qilib uqib chiqsam hafa bulmaysizmi albata rozi bulsangiz rahmat yahshi sher ekan

0  
3 shahzoda   (14.07.2011 17:29) [Материал]
5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5 5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5

0  
2 tasnimka   (14.07.2011 13:57) [Материал]
ZO'R! JUDAYAM CHIROYLI SHERAKAN. RAXMAT NURI. getImage-40-

0  
1 BVLGARI   (14.07.2011 09:31) [Материал]
Yahshiga O'hshediyu A

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]