Главная » 2011 » Май » 26 » So'nggi qo'ng'iroq ↓
02:18
So'nggi qo'ng'iroq ↓

Maktabim, mana yana qoshingga keldim. Yana poyingda tiz cho'kib, boshim egaman. Beixtiyor ko'zlarimda yosh qalqiydi. 25-may yaqinlashgani sayin yil bo'yi qiynagan sog'inch o'ti alanga ola boshlaydi. Maktabim, buning bari seni sog'inganimdan, qo'msaganimdan.

Bir paytlar hayotdan xabarsiz, soddagina farzandlaring edik. Sen o'z donoligingni ishga solib, bizni sekin-asta hayotga o'rgatib bording. Katta hayotga qadam qo'yishga tayyorligimizni bilgach esa xuddi qushlardek bizlarni uchirma qilding.

Sen bizga ona eding, biz esa farzanding. Sen hayotimning bir qismiga aylanganingda, seni tark etishimga majbur qilding. Mehribonim, mehringga to'yolmadim. Qadrdonim, nega oldinroq qadring bilmadim.

Agar kimdir yana maktabda o'qishni xohlaysanmi desa hech ikkilanmay ha deb javob bergan bo'lardim.

Axir bu dunyoda maktab davriga qaytishni xohlamagan, bolaligini sog'inmagan, o'sha lahzalarga bir soatga bo'lsa-da qaytishni istamagan inson bormi bu dunyoda!? Men ham ularning birimanda. Tag'in bag'ringda o'ynab-kulsam deyman.

Maktabim, qaynoq bag'ringni, darslaringni, sinf xonamizni, hatto imtixonlarni ham, barcha-barchasini sog'indim. Garchi endi sen bilan birga bolaligimga qaytolmasam-da, seni goh-gohida ko'rib tursam, holingdan xabar olib tursam ham mayli. Ayni damda shularning o'zi ham menga tasalli beradi.

Jonajon maktabim, senga qancha rahmatlar aytsam ham kam. Maktabim, meni darslaring orqali hayotga o'rgatding. Avvalambor o'z ona-tilimni, vatanni sevishni o'rgatding. Keyin esa ajdodlarimizdan faxrlanishimiz uchun tarixni o'rgatding. Zamonaviylashgan dunyoda zamondan orqada qolmasin deb chet-tilini o'rgatding. Sendan olgan bilimlar tufayli boshqa millat vakillari bilan muloqot qila olaman.

Maktabim, 18ming olam ichra eng buyuk ustozim, sening quchog'ingda yurgan kezlarimda qalbimda adabiyotga, she'riyatga qiziqish uyg'ondi. Shu sabab bir qancha she'rlar bitdim. Ularning ichida men uchun eng sevimlisi ham bor. Bu she'rim senga atalgan, mehribonim. Ushbu she'rni ulg'ayib, katta hayot sahnasida shaxdam qadamlar bilan ketayotgan jajji qizingning kichik sovg'asi sifatida qabul qilsang.


Yana o'sha maktab, yana o'sha kun
Tag'in ko'zim yoshlab turibman bugun
Qalbimda shirin dard, eski bir tugun
Yoshligimdan yodgor so'nggi qo'ng'iroq.

Maktabim, sog'indim bolaligimni,
Darslarda sho'xligim, erkaligimni,
Bilsayding mehringga tashnaligimni,
Mehringni eslatar so'nggi qo'ng'iroq.

Maktabim, yagona sirdoshim eding,
Qiynalsam irodam, bardoshim eding,
Hayotda suyanchim yo'ldoshim eding,
Sendan ayirgan kun - so'nggi qo'ng'iroq.

Maktabim, muqaddas dargohsan o'zing.
Bizga nasihatdur har aytgan so'zing.
Bizlar dilbandlaring, bizlar qosh ko'zing
Onamdan ayirma so'nggi qo'ng'iroq.







Категория: Har-Xil | Просмотров: 800 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 4
0  
4 nasri   (30.05.2011 15:52) [Материал]
MEN HAM DAVNO BITIRGANMAN MAKTABNI tongue tongue tongue tongue tongue

0  
3 sher_lev   (27.05.2011 22:49) [Материал]
mazzza edi usha davirlar essiz qadriga yetmagan ekanman sad

0  
2 BVLGARI   (26.05.2011 05:06) [Материал]
men maktabni davno 6 yil oldin osib qoygan man biggrin

0  
1 Dilfuza   (26.05.2011 02:54) [Материал]
Amerikada hali maktab tugagani emas o'zimizda zo'r edi 25-mayda tugaydi bu yerda 15-iyungacha

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]