Главная » 2011 » Апрель » 10 » So'kmang Birodar
20:29
So'kmang Birodar


So'kmang birodar

Obro topish qiyin to'kmang birodar, 
Jaxolat ko'lida cho'kmang birodar, 
Ertan qiyomatda bo'lgaydir og'ir, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Sochga oq o'tirdi bul sajdalardan, 
Baxralar olingay dil rishtalardan, 
Uyaling HUDOdan Farishtalardan, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Bag'ringiz chil parchin tila olmassiz, 
Faxshlarning manisin bilaolmassiz, 
Baribir aytganingiz qilaolmassiz, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Be sharm dunyodan bosh olib yuring, 
Og'zingiz muntazir osh solib yuring, 
Boshqaraolmasangiz tosh solib yuring, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Og'izdan chiqqan so'z shirin muttahir, 
Hisobin berguvsi sohibi ohir, 
BISMULLOH degan ham shu azo ahir, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Bugun uyat yo'qmi ayolida ham, 
Ozgina faxsh mavjud hayolida ham, 
Bobongiz so'kmagan hayolida ham, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Sultonsiz til degan hur o'lkangizga, 
Ko'milib yashamang ko'lankangizga, 
Ko'p ham ish qoldimang chap yelkangizga, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Sizni so'kkanlarga u bersin to'zim, 
Ul kunni bilganda qilmasdi jazim, 
Yaxshisi soqovga aylaning bir zum, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Lo'q etib yolg'onlar aytgan ko'zini, 
Faxsh so'zlagan qalblar ko'rmas yusini, 
Isboti emasdir erkak so'zini, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Hulqingizdan kelsin oyning to'lgisi, 
Shaytonlar naslining kelsin o'lgisi, 
Mo'minlik sha'nining asl belgisi, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR. 
Yaratgan egam xaq dayringni bersin, 
Firdavs bog'lariga sayringni bersin, 
HAYRULLOX HUDOyim hayringni bersin, 
OG'IZGA ERK BERIB SO'KMANG BIRODAR.
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 562 | Добавил: _Ro_man_tiC_
Всего комментариев: 6
0  
6 SuperGirl   (15.05.2011 21:58) [Материал]
juda ham zo'r

0  
5 Oyimtila_Honimcha   (17.04.2011 09:10) [Материал]
MA'NOLI SHER EKAN OMAD SIZGA

0  
4 QoRaKoZ   (13.04.2011 17:31) [Материал]
АЛЛОХ РОЗИ БОЛСИН ЗОР ЭКАН

0  
3 superka   (10.04.2011 22:21) [Материал]
raxmat sher manga judayam yoqdi

0  
2 don   (10.04.2011 21:18) [Материал]
[size=21]br[color=red]rahmat oka

0  
1 marka   (10.04.2011 20:34) [Материал]
Рахмат сизга шу шерни укиб хайрият огзига эрк берадиганларга инсоф бериб колса.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]