09:03 Sevmay qo'ydim... | |
Sevmay qo'ydim... Ishonchim toptab gul kabi, Rohat topdingizmi yor. Yongan yuragim kul kabi, Mag'rur sevgim qildingiz zor. Derdingiz "Menga ishon, Sen yurakda tanho yor". Berganda sizga ishonch, Qildingizku uni xor. Va'dalaringiz sanoqsiz, Rostligiga yo'q nishon. Sevdim sizni biroq siz, Aldardingizku har on. Yolg'onlaringiz kasriga, Men endi sevmay qo'ydim. Chunki, kuygan yuragim, Soxta sevgingizdan to'ydi. Endi men muhabbatdan, Hech qanday zavq olmasman. Uyg'ondim men zulmatdan, Endi senga yor emasman. | |
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 583 | |
Всего комментариев: 6 | ||||||
| ||||||