Главная » 2011 » Октябрь » 30 » sevgini bilganlarga
13:10
sevgini bilganlarga





Sevgini biladiganlar 

Bir kun bir Dono insondan so'rashipti: 
"Sevgi haqida faqatgina tilda gapiradiganlar va sevgini dilida, qalbida yashaydigan insonlar orasida qanday farq bor?" deb 
Darvish bir oz o'ylanipti so'ngra " Qaranglar ko'rsatay" depti. 
Oldin sevgini tilidan ko'ngliga tushira olmagan insonlarni chaqirib ularga bir dasturhon tayyorlapti.Hammasi joy joyiga o'tirgach,kosalar ichida issiq sho'rvalar uzatilipti,ketidan darvish qoshiqlari deb ataladigan 1 metr uzunlikdaki qoshiqlar berilipti hamma kelgan mehmonlarga. 
Darvish mehmonlarga "qoshiqlarni faqatgina uch qisimlaridan ushlab yeysizlar " deb shart qo'yipti."Mayli" deyishipti mehmonlar va sho'rvalarini ichishga boshlashipti, lekin uni qarangki qoshiqlar uzun bo'lgani uchun to'kmastan, atrofga sochmastan og'izlariga olib borolishmapti ovqatlarini. 
Ahiri qarashsa qo'llaridan hech narsa kelmayapti,dasturhondan qornilari och turib ketishipti. 
So'ngra Darvish: 
"Endi sevgini chinakam biladiganlarni chaqiraylik" depti 
Yuzlari oydin,ko'zlari sevgi to'la insonlar kelib o'tiripti bu marttasi dasturhon atrofiga.Darvish "Marhamat" deganida,mehmonlarning har biri uzun bo'yli qoshig'ini sho'rvasiga botirib,qarshisida o'tirgan aka-ukasi, opa singlisiga uzatip shu tarzda yeyishipti ovqatlarini. 
Shunday qilib har biri qarshisidakisini to'yg'azipti, va "Shukur" qilip ketishipti dasturhon boshidan. 
"Mana " depti Darvish
:"Kimki hayot dasturhonida yolg'iz o'zini ko'rsa va to'yishni o'ylasa,u och qoladi albat." 

"Va kim yaqinini oylab, uni to'yg'assa, u ham yaqini tarafidan to'yg'aziladi vaqti kelib shuphasiz" 

"Shuni ham unutmangki: Hayot bozorida olgan emas,bergan qozonadi har doim
Категория: Har-Xil | Просмотров: 485 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 ULUGBEK   (07.11.2011 05:36) [Материал]
manga vapshe yokmadii bolmagan narsa

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]