Dilimda avaylab asragan so'zim, Tilimga ko'chmagan titroq -sevaman, Hali siz bexabas bundan azizam, Bilmasangiz bilmang,sizni sevaman Tushimda visoldan tamkin kutaman, O'ngimda xayoldan taskin kutaman, Kelmaysiz,bilaman,lekin kutaman, Ko'zim yo'lingizda mushtoq,sevaman. Qalamdan sochilar yozsam gul isi, Qiqirlab qog'ozning kelar kulgisi, Afsona bo'lmasa man oshiqning sevgisi, Sizni eng kamida shundoq sevaman. Balki payqamassiz,qilmassiz parvo, Ko'zimdan muhabbat quyilar,illo, Sizni o'zimdan ham qizg'onib hatto, Sizni sizdan ko'ra ko'proq sevaman...
|