Главная » 2011 » Апрель » 10 » SENI SOG'INAMAN!!!
14:40
SENI SOG'INAMAN!!!
[c]

Sizni sog'inaman yulduzga qarab,
Siz ham yulduzlarga qarab turganday.
Sizni sog'inaman osmonga qarab,
Oyga tikilaman habar kutganday.
Shamollar menga goh sirli gap aytar,
Tushuna olmasdan qolaman yonib.
Sog'inchimni olib ortiga qaytar,
Balki o'rtar sizni azobga qolib.
Sog'inib ketaman yomg'irlar yog'ib,
Yaralganda ko'ngilda mungli bir qo'shiq.
Balki o'sha ko'y siz tomonga og'ib,
Aks sado berar dilingiz jo'shib.
Sizdan hech narsa etmayman talab,
Hatto hayol bilan bermayman ozor.
Sizga faqat ezgu niyatlar tilab,
Balki arzimasman qilishga bedor.
Balki sizning ham ushbu kechada,
Junbushga kelgandir yurak toringiz.
Siz ham adashib ko'ngil ko'chada,
Unutgandirsiz yo'g'u boringiz.
Sog'inchimni yana yashirib dilga,
Ollohdan so'rarman yagona,ilk.
Toki tirikmiz bo'lmaylik birga,
Bizni bog'lab tursin azobli sog'inch
[/c]
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 621 | Добавил: sher_lev
Всего комментариев: 3
0  
3 SuperGirl   (15.05.2011 21:55) [Материал]
zo'r sad sad

0  
2 QoRaKoZ   (13.04.2011 17:35) [Материал]
sad sad sad

0  
1 QoRaKoZ   (13.04.2011 17:34) [Материал]
ТАСИРЛИ ШЕЪР ЭКАН

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]