Главная » 2011 » Май » 4 » SAMOLOTDAN TEZ POYEZDLAR
08:52
SAMOLOTDAN TEZ POYEZDLAR



Yevropa Ittifoqi temir yo‘l tarmoqlarini birlashtiruvchi "Yevrostar” (Eurostar) korporatsiyasi Angliyani samolyotlardan ko‘ra tezroq zabt etdi, deb yozadi Londonning "Tayms” gazetasi.

Parij va Londonni bog‘lab turuvchi Yevrotonneldagi ta’mirdan so‘ng yangi yo‘nalishdagi yo‘lovchi tezyurar poezdlari ikki poytaxt orasidagi 492 kilometrlik masofani 2 soat 3 daqiqayu 39 soniyada bosib o‘tib, bu boradagi oldingi rekordni yarim soatga dog‘da qoldirdi. Barcha rasmiyatchiliklari bilan qo‘shib hisoblaganda yo‘lovchining 3,5–4 soatlik vaqtini o‘g‘irlovchi Parij — London havo yo‘liga nisbatan temiryo‘lning yuqoridagi muvaffaqiyatini e’tirof etmay iloj yo‘q. Chunki, ushbu xizmat vakillari bu ikki yirik Yevropa shaharlarini sayohat qilganingiz uchun sizdan havo yo‘llariga qaraganda uch barobar kam haq oladilar.

Joriy yil 14 noyabrdan boshlab ta’mirlangan yo‘nalishda faoliyat boshlovchi "Yevrostar” passajirlari La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tishlari uchun 94 AQSh dollari to‘lashlari lozim bo‘ladi.

Категория: Авто | Просмотров: 632 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 marka   (04.05.2011 10:47) [Материал]
зорку бизга хам шунака поездлар куйилса зор булардиде Тошкентга шунда кетардим tongue

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]