Главная » 2011 » Апрель » 9 » Roziman qizim
23:18
Roziman qizim

 
Hayol surma, hayollar yomon 
Tuyg'ularga bermagin izn 
Qur'on harfin o'rganib obdon 
Salim qalbga ega bo'l qizim.
Fisqqa chorlov seni yo'llardan 
Kimdir izlar yolg'on hizrni 
Mening munis muslima qizim 
Ro'molingla yop televizorni
Sen dunyoga teran boqmoqni 
Qur'on hamda sunnatla izla 
Dunyo mayda-chuyda deb kuysa 
Sen eng katta savdoni ko'zla
Bu savdo-ki, latta-puttaga 
Aldanmagan hayotiy ertak 
Sen Oishaga, Fotimalarga 
Yopishib ol misoli pechak
Hech ularni qo'yib, yuborma 
Sen ularni chindan, bil ONA, 
BOSHINGDAGI RO'MOL YECHILSA 
BOSHING ILA TUSHSIN MARDONA
Qalbing ila haqni tanigin 
Berilmagin falsafalarga 
Zargar dunyo aslida bitmish 
Yolg'on-yashiq safsatalarga
Qizim mening, muslima qizim 
Aqidangda hotirjam qolgin 
Xatto onang tobutin ko'rsang 
Allohdanmiz deb ayta olgin
Bilib qo'yki dunyo bevafo 
Manzil oldi nasihat so''zim 
Mendan ko'ra Rosululloh(sollallohu alayhi vasallam)ni 
Yaxshi ko'rsang roziman qizim.
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 601 | Добавил: superka
Всего комментариев: 4
0  
4 SuperGirl   (15.05.2011 21:45) [Материал]
zo'r ekan

0  
3 Oyimtila_Honimcha   (16.04.2011 08:49) [Материал]
Chiroylik sher ekan raxmat

0  
2 QoRaKoZ   (13.04.2011 17:36) [Материал]
АЖОЙИБ ШЕЪР ЭКАН

0  
1 _ShaxboZ_   (09.04.2011 23:36) [Материал]
sher zo'r omad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]