Главная » 2011 » Май » 7 » "Rou Bing" - XITOYCHA GO`SHTLI NON
11:06
"Rou Bing" - XITOYCHA GO`SHTLI NON


Xamiriga:
* Un-200 gr.
* Issiq suv - 120 ml.
* Bir chimdim tuz



Qiymasi:
Xohishga ko`ra.

Un bilan suv(suvning issiq solinishiga sabab, xamir yumshoq chiqadi)dan yumshoq xamir qoriladi. Qiyma tayyorlaguncha tindirib qo`yiladi.

 

Tayyorlanishi :

1.Tingan xamirni ikki zuvalachaga ajratib, birini yoyib, yoyilgan xamirni 4 dan 3 qismiga qiyma solamiz va qiymagacha bo`lgan qismini ortasidan kesamiz.

2. Xamirni kesilgan qismi bilan,xamirimizni chap taraf pastki qismini yopamiz va chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.

3. Endi shu yopilgan chap taraf xamirimiz bilan qiymalik o`ng tarafi yopiladi. Chetlari yopishrilidadi.


4.O`ng taraf pastki yopilgan xamirni yuqorida qolgan qism ustiga qo`yib, chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.

5. Qo`llarimiz bilan xamirni chetidan sal aylantirib, aylantirib zuvalacha shaklini beramiz

6. Tavamiz kattaligi(o`rtacha kattalik, tarelkadan sal kattaroq)da yoyamiz(qalin deb qo`rqmaymiz, baribir pishadi.)


7.Tavaga 1 qoshiq saryog` solib, baland olovda tavani qopqog`i ochiq holda 20 sekund pishirib, tavani qopqog`ini yopib, olovni o`rtachadan sal pastroq qilib, timerni roppa rosa 2 minutga qo`yamiz. 2 minutdan keyin, nonni aylantirib, ikkinchi tomoniniyam roppa rpsa 2 minut tavani qopqog`i yopiq holda pishiramiz.


8.Ikkinchi zuvalachaniyam huddi shunaqa tarzda pishirib olamiz va ustma ust qo'yib*, 4 bo'lakka bo'lib yiymiz:))

Yoqimli ishtaha!!!


Категория: Oshxona | Просмотров: 828 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 8
0  
5 JANOB_XECHKIM   (07.05.2011 12:54) [Материал]
biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin

0  
8 Oyimtila_Honimcha   (07.05.2011 22:18) [Материал]
happy happy happy happy happy

0  
3 marka   (07.05.2011 11:49) [Материал]
Хозирок пишириб кураман. tongue

0  
4 sher_lev   (07.05.2011 12:36) [Материал]
menga ham junatib yuboring keyin hup marka uzim qilolmayman sad :(

0  
6 Oyimtila_Honimcha   (07.05.2011 22:17) [Материал]
Sizga ovqat yo'q sho'xlik qilmaseyz keyin ovqaat tongue

0  
2 marka   (07.05.2011 11:48) [Материал]
Жудаям иштахани очадиган овкат экан.

0  
1 sher_lev   (07.05.2011 11:41) [Материал]
hazi tochna qulimni yeb quyaman qornim g'uldirab ketti tongue tongue tongue tongue

0  
7 Oyimtila_Honimcha   (07.05.2011 22:18) [Материал]
Akam kelin oyimga ayting ovqat beradila tongue tongue

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]