Главная » 2011 » Ноябрь » 3 » “Qurbon hayitini nishonlash to'g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
02:19
“Qurbon hayitini nishonlash to'g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori


Muborak Qurbon
hayitining xalqimiz
ma’naviy hayotidagi
o‘rni va ahamiyatini
e’tiborga olib, milliy-
diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash,
fuqarolarning
hamjihatligi va mehr-
oqibatini
mustahkamlash, yosh
avlodning ruhiy va ma’naviy olamini
boyitish, ularning
qalbida Vatanga
muhabbat va sadoqat
tuyg‘usini yanada
yuksaltirish maqsadida hamda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining "Diniy
bayram "Qurbon
hayit”ni dam olish kuni deb e’lon qilish
haqida” 1991 yil 20
iyundagi PF-221-son
Farmoniga muvofiq: 1. 2011 yilda Qurbon
hayitining birinchi
kuni 6 noyabrga to‘g‘ri
kelishi haqida
O‘zbekiston
musulmonlari idorasining
murojaatini inobatga
olib, ushbu kun
mamlakatimizda
bayram sifatida keng
nishonlansin. 2. Respublika
"Nuroniy”, "Mahalla”
jamg‘armalari,
"Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakati va
boshqa barcha mutasaddi davlat va
jamoat tashkilotlari
Qurbon hayitining
joylarda tartibli va
yuqori darajada,
xalqimizning milliy qadriyatlariga mos
ravishda o‘tishi uchun
tegishli tadbirlarni
amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy
axborot agentligi va
boshqa ommaviy
axborot vositalariga bayram tadbirlarini
keng yoritish tavsiya
etilsin. O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2011
yil 31 oktabr
Категория: Har-Xil | Просмотров: 617 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 1
0  
1 akromjon   (03.11.2011 02:59) [Материал]
raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]