Главная » 2011 » Апрель » 11 » QO'SHIQLAR AYTISH XAM OSON EMAS
16:03
QO'SHIQLAR AYTISH XAM OSON EMAS

QO'SHIQLARNI XAM TANLAB ESHITAMIZMI ? 
Kuyga, qo‘shiqqa ishtiyoqmand xalqmiz. Ashula, ohangsiz kunimiz o‘tmaydi. Ba’zan qo‘shiq aytib yoki ijrochiga jo‘r bo‘lib dardimizni to‘kib olamiz. Ilgarilari musiqa, qo‘shiq shinavandalari hozirgi tinglovchilarday istaganini eshitib, rohat qilishavermagan. Radio yoki televizordan qaysi qo‘shiqni qo‘yishsa, shuni tinglagan. Harholda, u vaqtda televidenieda ham, radioda ham juda yaxshi qo‘shiqlar berilardi-da. Shundanmi, ular sog‘inch bilan kutilardi.

Bugun-chi? Endi zamon ancha o‘zgardi. Shunga yarasha qo‘shiqlar ham. Ularning ko‘pligidan qaysi birini tinglashni ham bilmaysan. Yoqqanini eshitadi-da, deyishingiz mumkin. Ammo dilga yoqadiganini topib olish kerak-da.
Qo‘shiqning ko‘pligi yaxshi. Yaxshi qo‘shiq bo‘lsa, bosh ustiga. O‘ylab ko‘ring-chi, bugungi yaratilayotgan qo‘shiqlarning yaxshisi ko‘pmikin, yomonimi? Umuman olganda, qo‘shiqning yomoni bo‘lmaydi. Yomonmi, demak, u qo‘shiq emas. Nima dedingiz?

Yaxshi qo‘shiq, albatta, yaxshi she’r asosiga quriladi. Tanqid qilinayotgan ko‘pgina qo‘shiqlarning matni she’r emas, uslubiy jihatdan ham, mazmunan ham g‘aliz bo‘lgan gaplar, «boshi yerda, oyog‘i osmonda» jumlalar. Fikrlarimizni tasdiqlash maqsadida misollar keltiramiz:
Harorat yonadi, yonadi,
Xayolim tonadi, tonadi...
... soya bormi yuragingda...
Hammadan zo‘r, boshqachasan, jonginam,
tamom qilding-ku sen meni.
Men seni, jonim seni, sevging xohlayman-ku seni,
Qanchalar azob berasan, kuydirasan-ku meni... va hokazo.
Bu haqda shoir Rustam Musurmon shunday deydi:
— Hozir ko‘pgina qo‘shiqlarning musiqasi hind, arab yoki turk ohanglaridan ko‘chirilgan. Tayyor musiqaga matn yozib, uni qo‘shiq qilib kuylashyapti. Qo‘shiqning musiqasi milliy bo‘lmagandan keyin matn ham yaxshi bo‘lmaydi, mantiqsiz jumlalar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham matn musiqadan emas, musiqa matndan kelib chiqishi kerak.
2004—2005 yillari O‘zbekiston televideniesi «Musiqa» direktsiyasining badiiy kengashida ishlaganman. Taqdim etilgan juda ko‘p qo‘shiqlar matni sayozligi tufayli efirga berilmagan.
Fikrimizcha, o‘zbek tilini mukammal bilmasdan turib, o‘zbekcha qo‘shiq aytmaslik kerak. San’atkorlar ham, avvalo, o‘zbek tilini juda yaxshi !bilishlari zarur.

Категория: Har-Xil | Просмотров: 502 | Добавил: pure_love
Всего комментариев: 3
0  
3 Muslima   (22.01.2012 18:24) [Материал]
San’atkorlar ham, avvalo, o‘zbek tilini juda yaxshi !bilishlari zarur. Ushbu xulosaga 100% qo`shilaman!

0  
2 Oyimtila_Honimcha   (17.04.2011 09:40) [Материал]
RAXMAT

0  
1 pure_love   (11.04.2011 23:48) [Материал]
SIZGA XAM OMAD

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]