Главная » 2011 » Апрель » 24 » Qaynona Ona Bo'lolmaydimi?...
14:22
Qaynona Ona Bo'lolmaydimi?...


Assalamu Alaykum va roxmatullohi va barakotuh Aziz dindoshim.. Nima uchun Sarlavxa bunday ekan deb xayron bo'layotgan bo'lsangiz kerak. Bugun xayotimdagi yana bir voqeani sizlarga taqdim etaman. Balki bu voqea kimlarnidir xato fikrlarini to'g'irlar.
.
To'ydan so'ng man o'zga xonadonning kelini bo'ldim. Bu xonadondagi insonlarni o'z yaqinlarimdek qabul qildim. Avvaliga manga bu xonadondagi sharoit biroz yoqmadi. Sabab:
Xamma bir vaqtda yig'ilib ovqatni bir vaqtda yeyishmaydi. Turmush o'rtogimning 3 ta akasi bor edi. 2 ta akasi uy qurib alohida chiqishgan. Uyda eng kotta kelin va man yashardik. Eng achinarlisi esa Sho'rlik qayononam Xamma ishni o'zlari qilarkanla, 9 ta nabirasiga o'zlari qararkanla, Akajonlarni ayollari esa ishlasharkan, shu sabab xammaligi Qaynonamga farzandlarini tashlab ketishadi. Va kech bo'lgach bolalarini olib ketish uchun kelganda shu xonadonda ovqatni yeb uylariga ketisharkan. Man xaqiqat tomonda bo'lganim uchun bu narsa manga juda xam yomon tasir qilardi. Chunki qaynonamga xamma og'irlik tushadi. Biz Moskvaga ketdik, Va 8 oy vaqt o'tib yana Toshkentga bordik. Yana o'sha axvol. Nima uchun onasi xaqida o'gillari qayg'urishmidi. Axir Qaynonam yosh emas, ancha qarib qolganla. Shunda xam kelinlari ishdan kelguncha issiq ovqat tayyor, nabiralarini usti but toza. Qaynonamga qo'limdan kelgancha yordam berardim. Bir kuni nimadir sabab bo'ldi-yu, Kotta akajonni qizlari rosa yigladi, Man uni yupatish uchun yoniga kirdim va U 3 ta Kelin bir bo'lib Qaynonamga LAQAB qo'yib olishganini aytdi... Bu narsa qanchalik qattiq tasir qilganini bilsangiz edi. Turmush o'rtogim bu xaqida eshitib rosa jaxllari chiqdi va Qaynonamni oldilariga borib bu xaqida so'radila. Qaynonamni javoblari esa. ( Qo'yaver bolam man ularga yordam bo'lsin deb bolalariga qariman, Ovqatni xam o'zim qilaman, shu mexnatlarimga raxmatlari shu bo'lsa kerak dedilar.) LAQAB ESA CHIGIRTKA. O'sha kundan so'ng 3 kelinoyilardan ko'nglim sovudi. Qaynona o'z onalaridek xamma ishlarini qilib ovqatigacha tayyor qiladi-yu Raxmatiga esa Laqab eshitadi. Turmush o'rtogim xamma kelinlarni yigib janjal ko'tarmoqchi xam bo'ldilar, Lekin bunga qaynotam yo'l qo'ymadi. Sababi biz Moskvaga ketamiz, Ularni orasida sovuqchilik tushib qolishini xoxlamadilar qaynotam. Qaynonam esa xamon shu xolda nabiralariga qarab ovqatni tayyor qilib o'tiradila. Kelinlar shoxdek ovqatni yeb Bolalarini olib uyiga ketadi. Bu esa ........ Bo'lajak kelinlaga maslaxatim qaynonani o'z onangizdek ko'ring, ularni duosini oling. Chunki bu qaytar dunyo, Siz xam Qaynona bo'lishingiz bor. Kelinlarga insof so'rab Djulyetta

Категория: Har-Xil | Просмотров: 657 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 marka   (25.04.2011 12:34) [Материал]
Бу гапингизга 100 фоиз кушиламан. Эртага узимизни кайнона булишимизни хам уйлайлак кизлар.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]