Главная » 2011 » Апрель » 7 » Qabrdan maktub
23:27
Qabrdan maktub

Qabrdan bir maktub oldik yoronlar,
Unda qiziq so‘zlar bitmishlar butkul:
"Bu dunyo biz uchun asli imtixon,
Undan omon chiqmak erur xo‘p mushkul.

Odamlar iymonsiz ne topsalar ham
Biz yotgan dargohda qiymati yo‘qdir.
Allohning yo‘lida tikkan bo‘lsa jon,
Ko‘ngli ana o‘sha insonning to‘qdir.

Farzandin tarbiya qila olmagan
Otalar qabrda dod-voy solmishlar,
Dunyoning eng totli ne’matin berib,
Uning haqqiga zor yig‘lab qolmishlar.

Duo ilinjida ko‘zlar za’faron,
O’tgan-ketgan jonga halak yotibmiz,
Hayoti dunyoda qiyomat yo‘q deb
Haddan oshibmiz va g‘aflat qotibmiz.

Tinmasdan g‘iybatga ruj’u qo‘yganda,
Birov indamabdi, tinch bo‘lgin deya.
Mish-mishlar ustuni to‘ldirilganda
Shaytonlar tuslamish turli qofiya.

Biz payqay olmadik Allohning iznin,
O’lish farishtasi kelgach, bo‘ldi kech.
Ozgina iymondan taxsil olgandik,
Bugun o‘shal kunlar biz uchun sog‘inch.

Yodimda, qur’ondan bir harf o‘qib,
O’zimni baxtiyor bilgandim tengsiz.
Qaniydi o‘shal kun aylansa tinmay,
Aylansa, aylansa, aylansa so‘ngsiz.

Qur’on o‘qib tinmay, yig‘layversam-u,
Ko‘zimning yoshiga cho‘milsa dunyo.
Umrimning alamli yillari kelib,
Joy topolmay ketsa go‘yoki ro‘yo.

Qaniydi, dunyoda faqat ibodat
Va faqat toatga belim bog‘lasam,
Islom deb boshimni kundaga qo‘yib,
Iymon deb qalbimni o‘tda dog‘lasam.

Qaniydi, qaniydi, qaniydi, do‘stlar,
Ozgina bir fursat berilsa edi,
Men shuning barchasin Alloh yo‘liga
Sarflab yuborardim, bo‘lmayin keti..."

Shunday maktubdan so‘ng o‘zgardi dersiz
Bizning telba hayot, birdan, daf’atan?!
Qattiq adashasiz, chunki maktubning
Muhri kelgan paytda eskirgan eka

Категория: Islamic | Просмотров: 782 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 3
0  
3 Oyimtila_Honimcha   (16.04.2011 03:41) [Материал]
tA'SIRLI SHER EKAN RAXMAT

0  
2 QoRaKoZ   (13.04.2011 11:41) [Материал]
шеър жудахам ажойиб АЛЛОХ РОЗИ БОЛСИН

0  
1 marka   (12.04.2011 22:42) [Материал]
ОЛЛОХИМ ХАММАМИЗНИ КАЛБИМИЗГА ИЙМОН НУРИНИ СОЛСИН .ОМИН.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]