Главная » 2011 » Ноябрь » 7 » Otabek Mutalxo'jayev: “Hayotimni avvaldan rejalashtirishni yomon ko'raman!”
17:58
Otabek Mutalxo'jayev: “Hayotimni avvaldan rejalashtirishni yomon ko'raman!”


Gazetxonlarimizning ko'plab maktublarini inobatga olgan holda, "Garderob” sahifasining navbatdagi soniga xonanda, "Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo'jayevni taklif etishga qaror qildik. Dizayner Anvar Ahmedov Otabekning ko'pgina liboslarini tikib bergani uchun ham, u bilan kiyimlar borasida suhbatlashishga qiynalmadi. Aksincha, suhbat kutilgandan-da tanqidiyroq ruhda kechdi. Ijodiy guruhimiz bilan birga Otabekning Chorsu mavzesidagi ko'p qavatli uylardan biridagi endigina ta'mirdan chiqqan xonadonida mehmon bo'ldik.

— Otabek, anchadan beri bir narsani so'rayman, deb yurgandim. Mana, fursat ham topildi. Eshitishimcha, men yakkaxon konsertingiz uchun tikib bergan kostyum-shimni germaniyalik bir kishiga katta pulga sotib yuborgan emishsiz?

— Tavba, bu gapni qayerdan oldingizq Siz tikib bergan kostyum-shim germaniyalik mehmonga yoqib qolgani bor gap. Lekin, uni sotganim yo'q, aksincha O'zbekistonni va meni eslatib tursin, degan niyatda sovg'a qilib yubordim. Katta pulga sotish haqida o'ylab ham ko'rmaganman.

— G'a, yaxshi. Men bo'lsam mo'maygina daromaddan quruq qolibmanmi, deb o'ylabman. So'nggi paytlarda turlicha uslublarda kiyinyapsiz. O'zingizga xos yo'nalishni topa olmayapsizmi?

— Nega endiq Shunchaki bir xillikdan qochishga harakat qilyapman, xolos. Kun o'tgani sayin urf ham o'zgaraveradi. Tabiiyki, bugun kiygan libosimiz ertaga umuman to'g'ri kelmasligi mumkin. Shu sababli zamon bilan hamnafas bo'lishni xush ko'raman. Umuman olganda, san'atkor boradigan joyiga, kiradigan davrasiga qarab libos tanlay bilishi lozim.

— Avvalgi Otabek bilan bugungisini farqlash ancha qiyin bo'lib qolibdi-ku!

— To'g'ri, ba'zan kiyinish borasida hatoga yo'l qo'yaman. Ochig'ini aytsam, ko'proq kayfiyatimga qarab kiyinaman. Shuning uchun biror joyga borish yoki ko'chaga chiqishdan avval kayfiyatim yo'q bo'lsa-da oynaga qarab, "Men hammadan zo'rman” deb o'zimga biroz bo'lsa-da quvnoqlik bahsh etishga harakat qilaman. Chunki odamlar yillar davomida mehnat qilib, yaxshi niyat bilan to'y berishadi. O'zimning kayfiyatim yo'qligi bois ularning to'ydagi shodliklarini buzishim insofsizlikdir!.

— San'atkor jiddiy bo'lishi kerak, degan tushuncha haqida fikringiz qanday?

— San'atkor jiddiy bo'lishi kerak. Ammo jiddiy bo'lish kerak ekan deb faqat kostyum-shimda chiqib, qo'shiq kuylamayman-kuq Faqat kostyum-shimda yurishni unchalik yoqtirmayman. Odatda san'atkor sahnaga chiqayotganida, libosi odamlarni o'ziga qaratishini istaydi.

— (gapini bo'lib) Bunday o'ylamaydiganlar ham bor...

— Bilmadim, shaxsan men shunday fikrdaman. Masalan, "Sevar yorim” nomli qo'shig'imizning klipidagi palto garderobimdagi eng qimmat kiyim hisoblanadi. Uni aynan shu klip uchun 11 million so'mga harid qilganman. Va, albatta, u kutilgandan ko'ra ko'proq natija berdi. Ukam bozorga tushganida yosh yigitlarning, "Otabek Mutalxo'jayevning klipidagi paltodan bormiq” deb so'rab yurishganini ko'ribdi. Mana, birgina libosning kuchini ko'rdingizmi?

— Shu klipni yaxshi eslatdingiz. Nazarimda, bu klip birinchi o'rinda o'sha paltoning reklamasi bo'lgan, xolos. Siz va klipdagi voqealar oxirgi o'ringa tushib qolgan.

— Bu fikrni faqat sizdan eshityapman!

— Ochig'ini aytsam, "Otabek Mutalxo'jayevning burni ko'tarilib, odamlarni mensimay ketgan”, degan gaplar ham yo'q emas.

— (berparvolik bilan) Bu gapni birinchi marta eshitmayapman. Odamlar men bilan gaplashmasdan turiboq ko'rinishimga e'tibor berishadi va "O'zini odamlardan uzoqda tutarkan” deb gapirishadi. Hatto, shunday deb o'ylaydiganlarning ba'zilari bilan gaplashganimdan keyin, "Samimiy ekansiz, men umuman noto'g'ri o'ylabman” deganlari ham bo'lgan. Men bobom va buvimning tarbiyasini olganman. Ular doim "O'zingdan kattalarga hurmatda bo'lgin, birinchi marta ko'rayotgan odamingga ham qo'lingni ko'ksingga qo'yib salom bergin” deb uqtirishardi. Bular mening qon-qonimga singib ketgan.

— Shuncha filmlarda rol ijro etdingiz-ku, lekin tomoshabinlar, shu jumladan, o'zim ham sizni aktyor sifatida qabul qila olmadim...

— Nimayam derdim, did borasida baxslashilmaydi. Ochig'i, o'zim kinoga juda qiziqaman, shu sababli NTT telekanalidagi "25 kadr” ko'rsatuvini olib borishga jon-jahdim bilan kirishdim. To'g'ri, avvaliga tomoshabinlar meni hatto boshlovchi sifatida ham qabul qilishmadi, biroq prodyuserim Feruza Nodirovaning ko'magi bilan bugun yaxshi boshlovchilar safiga kirdim. "25 kadr” esa ayni kunda kino olamida yuz berayotgan yangiliklarni yoritayotgan eng ommabop ko'rsatuvlardan biri.

— Nilufar Usmonova bilan aytgan duetingizdan keyin qaytib duetga qo'l urmadingiz. Yoki yana tanqidlar bo'lishidan qo'rqyapsizmi?

— Birinchidan, qo'shiq emas, klip tanqidga uchragan. Ikkinchidan, bu duet tanqidga uchragan bo'lsa-da, men repertuarimda shunday qo'shiq borligidan achinmayman. Bugun bir qarang, bundan-da battar video ketma-ketliklar aylanib yotibdi. Nega odamlar buni payqamayaptiq Vaholanki, bizning klipimizda hech qanday nojo'ya harakat bo'lmagan.

— "Robbim” nomli qo'shig'ingiz juda yaxshi chiqibdi. Klip ham chakki emas. Biroq dizayner sifatida klipdagi qaxramon qiz kiygan liboslarini yoqlamayman. G'ech zamonda o'zbek yigiti o'ziga kalta, yelkasi ochiq qo'ylak kiygan qizni tilaydimiq

— Qo'shiq so'zlariga yaxshilab ahamiyat bering. Men u yerda "Oqila, dono bo'lsin” deganman. Demak, gap kiyinishi haqida ketmayapti. Shuni alohida aytib o'tishni xoxlardimki, bu klipimda hech qanday bexayolik yo'q. Shunchaki yigit orzusidagi oqila, eng muhimi, zamonaviy qiz obrazi tasvirlangan.

— Uyingizni yaqinda ta'mirladingiz, chog'i?

— Ha, ustalarning ishi tugaganiga ko'p bo'lgani yo'q. To'g'risi, uy ta'mirlatish ham azob ekan. Ko'p qavatli uyimdagi ishlar tugadi-yu, endi ustalar hovlida ishlarini davom ettirishyapti. Oilada katta o'g'il bo'lganim uchun ro'zg'or ishlari mening bo'ynimda, shu sababli biroz toliqib qolyapman.

— Ta'mirlash ishlari a'lo darajada olib borilgan. Ayniqsa, ijodxonangiz bilan oshxona juda yaxshi chiqibdi. Oshxonadagi shkaflar rangi muzlatgich bilan moslangan, shekilli?

— Juda sinchkovsiz-da! Buni ustalar bilan maslahatlashgan holda o'zim tanladim. Ijodxonamga kelsak, u mening sevimli maskanim. E'tibor bergan bo'lsangiz, hovlidagi hamma kitoblarimni, hatto kompyuterimni ham shu yerga olib kelganman.

— Otabek, kelgusi rejalar qandayq Uyingizni ta'mirlatganingiza qaraganda, uylanish taraddudidasiz, shekilli?

— Ochig'ini aytsam, hayotimni avvaldan rejalashtirishni yomon ko'raman. Uylanishga kelsak, menimcha, hali yana biroz vaqt bor. Men hali o'zim o'ylagan darajada oyoqqa turib olganim yo'q. G'ar narsa vaqti-soati bilan bo'lgani yaxshi.

— O'zingizni san'atga kerakli odam deb o'ylaysizmi?

— Albatta. Yo'qsa, 7 yildan buyon san'atda nima qilib yuribmanq san'atga shunchalik mehrim tushganidan, hatto o'zimning asl kasbimdan kechib yuborganman. Ortimda esa menga ishonayotgan odamlar borligi quvontiradi. Umuman olganda, peshonamizga yozilganidan ortig'i bo'lmaydi. Nasibamiz qo'shilgan bo'lsa, san'atdan oxirgi nafasgacha faqat halol mehnatim bilan non topaman. Kelajakda yaxshi mukofotlar olishni istayman. Axir har bir san'atkor mehnati munosib taqdirlanishini istaydi. Bu yil esa nasib qilsa, "M&TVA” mukofotini qo'lga kiritishni niyat qilganman. Yuqorida aytganimdek, hammasini vaqt ko'rsatadi. Hayotning o'zi saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajratib qo'yadi. Ana o'shanda kim kerak, kim keraksiz ekanini bilib olamiz.

FAKT:

Ijod boshlaganiga 7 yil bo'ldi.

60 ga yaqin qo'shiqlari bor.

30 dan ziyod kliplari chiqqan.

3 ta musiqiy albomini muxlislar e'tiboriga havola etgan.

2007 yilda "Nihol” davlat mukofotini qo'lga kiritgan.

2011 yilda "O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ijod boshlaganida suratga oldirgan "Oydan-da go'zal” klipida kiyib chiqqan kurtkasini hali-hanuz saqlab qo'ygan. Bu kurtka harid qilinganiga 8 yil bo'ldi.
Категория: Har-Xil | Просмотров: 732 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 1
0  
1 JONOB_X   (10.11.2011 02:33) [Материал]
HAH ZOR 5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]