Главная » 2011 » Май » 5 » Onajon, siz mening atirgulimsiz..
13:33
Onajon, siz mening atirgulimsiz..


Sog‘indingiz,
Lekin ko‘rsatmadim ro‘y,
Onajon, siz mening sabrgulimsiz...
Mehringiz to‘kilgan maktublar xushbo‘y,
Onajon, siz mening atirgulimsiz...

Keldingiz,
Ketdingiz diydorga qonmay,
Yuragim ergashdi izlaringizdan.
Yolg‘on taskinlarga qo‘ydim ishonmay,
Toshbag‘ir chiqdimmi qizlaringizdan?

Kutdingiz...
Bormadim bayramlarda ham,
Va bayramlar kutdim mahzun, ko‘ngilsiz.
Siz uchun o‘zimdan arazlaganman,
Onajon, siz mening qadrgulimsiz...

Sog‘indim...
Ko‘zimga qadaldi yo‘llar,
Og‘riqlar osildi tomirlarimga.
Rangi kamalakda ham yo‘q tuyg‘ular
Darz soldi muzlagan sabrlarimga.

Yig‘ladim...
Ismimdan yuzim o‘girib –
Gunohim qoshida cho‘kkaladim tiz.
Bag‘ringizga botay bir shabnam bo‘lib,
Onajon, siz mening atirgulimsiz.
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 608 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 5
0  
5 marka   (08.05.2011 20:43) [Материал]
Росаям чиройли ажойиб чикибди рахмат сизга Фуркат.

0  
4 QoRaKoZ   (06.05.2011 17:48) [Материал]
АЖОЙИБ ШЕЪР ЭКАН smile

0  
3 QoRaKoZ   (06.05.2011 17:47) [Материал]
ШЕЪР УЧУН РАХМАТ

0  
2 nasri   (05.05.2011 17:30) [Материал]
smile smile smile smile

0  
1 JANOB_XECHKIM   (05.05.2011 13:37) [Материал]
tongue tongue tongue

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]