Главная » 2011 » Апрель » 21 » O'zbekistonda har 4 kishidan bittasi internetdan foydalanmoqda
08:56
O'zbekistonda har 4 kishidan bittasi internetdan foydalanmoqda




2011-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 7,55 million kishiga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA) bosh direktori Hakim Muhitdinov agentlikning joriy yil I choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zAAA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda har 1 000 kishidan 265,3 tasi Internet tarmog‘idan foydalanmoqda. Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 903 taga yetdi.
Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanishning umumiy tezligi 2,82 Gbit/s ga yetdi. Joriy yilning I choragida AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) sohasida jami 516 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bundan 310 milliard so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar ortidan keldi.
O‘zAAA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, respublikada raqamlashtirish darajasi 93,7% ni tashkil qilmoqda.
"ZiyoNET” tarmog‘iga jami 10 914 ta ta’lim muassasalari ulangan. Xususan, "ZiyoNET” tarmog‘iga respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona markazlari, 9 403 ta maktab, 131 ta litsey, 1 204 ta kollej, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 14 ta hududiy bo‘linmasi, 23 ta muzey, 83 ta oliy ta’lim muassasasi va 35 ta ilmiy-tadqiqot instituti ulangan.
2011-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, respublikamizdagi axborot-kutubxona markazlarining jami fondi 4,936 million nusxani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda barcha axborot-kutubxona markazlarining elektron kataloglarida 497 ming bibliografik yozuvlar mavjud.
Категория: Har-Xil | Просмотров: 546 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 3
0  
3 marka   (21.04.2011 11:15) [Материал]
Маълумот учун рахмат.

0  
2 _ShaxboZ_   (21.04.2011 09:08) [Материал]
raxmat yana kutamiz yangiliklardn ammaga omad

0  
1 BVLGARI   (21.04.2011 09:07) [Материал]
rahmat yana kutamiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]