Главная » 2011 » Апрель » 12 » Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb.
02:06
Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb.

Hazonlar to’kilar daraxtlar g'arib,
Qor yog''ib o’tadi zulmatni yorib,
Kurtaklar yozilar yerni uyg'otib,
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb.

Asta varaqlaydi umrim kunini,
Tonglarga bosh qo'yar sog'inch ko'z yumib,
Kim bilar sevgimning o'tli hunini,
Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb.

Qoshlarim qayrildi yo’lingiz qarab,
Sanoqdan adashdim tunu kun sanab,
Nahotki ayriliq haqiqat yo rab,
Nechun siz kelmaysiz sog''ingaman deb.

Ko’z yoshim to’ksa ham to’ymadi sarob,
Bu mag''rur vujudim tark etmas azob,
Men hanuz go’zalman lekin muhabbat harob,
Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb.

Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 1076 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 4
0  
4 marka   (12.04.2011 11:44) [Материал]
янгиларидан кутиб коламиз.

0  
3 marka   (12.04.2011 11:44) [Материал]
Шер учун рахмат.

0  
2 QoRaKoZ   (12.04.2011 09:41) [Материал]
ЁКИМЛИ ШЕЪР ЭКАН ЖУДА ЁКТИ

0  
1 tasnimka   (12.04.2011 02:42) [Материал]
Chiroyli sherakan. Raxmat! smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]