09:13 Men seni sog’inib zor-zor yig’ladim... | |
Men seni sog’inib zor-zor yig’ladim, Sevgimni etolmay izhor, yig’ladim, Rasmingga termulib, bedor yig’ladim, Hajringda tunu-kun chekarman ozor, Men seni sog’inib zor-zor yigladim. Sevib sevilmagan yuragim manim, Yor, senga bo’lmasa keragim manim, Sarobga aelandi tilagim manim, Senga iltijolar qilarman bu kun, Men seni sog’inib zor-zor yigladim. Ishqingda horlarga sarbon bo’layin, Bir umr qalbingda armon bo’layin, Ishqing yo’llarida qurbon bo’layin, Zimiston tuningda zyo bo’layin, Men seni soginib zor-zor yigladim. | |
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 652 | |
Всего комментариев: 3 | |||
| |||