Главная » 2011 » Апрель » 10 » Men keldim
17:32
Men keldim

Chidolmadim yana qaytdim so'zimdan

Yurakni allalar ishqning ertagi
Aylanib ketay qoshu ko'zingdan
Devona ko'nglimning dalda ermagi

Men keldim og'riqli kunni kechirib
Ko'zlarimda qotgan zangori titroq
Nilufar gullarga sog'inch ichirib
Ortda bo'zlab qoldi xijroniy tuproq

Keldim dilni tirnab injiq yarasin
Bo'salar chizilar ishq ko'zlariga
Qo'llaring yel bo'lib sochni tarasin
Lab bosgin ko'nglimni oy yuzlariga

Keldim ishqim yana vasling changlamish
Bir go'zal bahrning sardori o'zim
Muhabbat men uchun sog'inch rangolish
Nigohing tilaydi bag'ringa to'zim

Keldim yana hislar toza bokira
Qolar so'nggi imkon yetishmoq uchun
Ruhimni poklaydi yorqin xotira
 Sen tomon, sen tomon shoshaman bugun 

Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 530 | Добавил: pure_love
Всего комментариев: 2
0  
2 Oyimtila_Honimcha   (17.04.2011 08:47) [Материал]
Aha haq gap zo'r sher ekan

0  
1 marka   (10.04.2011 20:47) [Материал]
аха зурку.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]