Главная » 2011 » Май » 25 » Mazaliy Kosmetika!
03:52
Mazaliy Kosmetika!

Nok

Nik kalsiya uglevodiga boy bo'lganligi sababli yuzga soglom ko'rinish bagishlab, undagi yirik kovachalarni quritadi.Ushbu meva hamma turdagi yuz terisiga mos tushadi.

Nokli niqob

Yaxshi pishgan nokni olib, uni po'stlogidan airing va maydalab to'grang. Idishga solib, 1 osh qoshiq qaynagan suvni quyib, bir xil massa hosil bo'lganicha aralashtiring. Tayor niqobni yuzingizga 20 daqiqa surtib, avval issiq,keyin esa sovuq suv bilan yuzingizni chaying.

Olma.

Olma C vitaminga boy mevalar tarkibiga kiradi. Yuz uchun ham ajoyib ta'sir kuchiga ega.Olmadan krem va niqob bilan birga massaj uchun ham foydalansangiz bo'ladi.Ushbu massaj asosan 30 yoshgacha bo'lgan ayolar uchun mo'ljallangan. Aynan shu davrdan boshlab tabiat in'om etgan soglom va go'zal yuz terisi asta-sekinlik bilan kuchsizlanib boradi.

Olmali niqob. 1dona olmani maydalab tograng va 1 stakan sut qo'shib qaynating. Olmalar yumshaganidan so'ng, uni yaxshilab yozing. Tayor niqobni issiqligidan yuzga surtib, yarim soatdan keyin illiq suv bilan yuzingni yuving.

Olmali massaj. 1 ta olmani ikkiga bo'lib, har bir bo'lagi bilan yuzingiz va boyingizni aylana holatida qiling.

Uzum.

Uzum ham yuzni yumshatish va silliqlash xususiyatiga ega. Uzum suvini haftada 3 marotaba yuzingizga, qo'llaringizga hamda boyninigizga surting va 10-15 daqiqa kutib turing.So'ng iliq suv bilan chaying.Ushbu muolajadan foydalangiz, tez orada ajoyib natijalarga erishasiz.

Doimiy go'zalik sizni tarq etmasin.

Malina.

Malina ham ajoyib xususiyatlarga ega. U asosan charchagan yuz terisi uchun mos tushadi.Yuzni tetiklashtirib, uni tozalaydi va yangicha rang bag'ishlaydi. Malinali niqobdan song yuzning charchog;I umuman ko'rinmaydi.Nafaqat malinaning o'zi hatto, uning bargi ham foydalidir.

Malinali niqob.

Quruq yuz terisi uchun: 0,5 stakan malina suviga 1 dona tuxum sarigini va 1,5 osh qoshiq suyuq qaymoqni solib, yaxshilab aralashtiring. Yuzga surtib, 20 daqiqadan so'ng issiq suv bilan niqob yuvib tashlang.

Yogli yuz terisi uchun: 0,5 stakan malina suviga 2 osh qoshiq guruch unini solib aralashtiring. Yuzga surtib 15 daqiqada so'ng iliq suv bilan chayib tashlang.

Xusnbuzar toshgan yuz uchun: Malina barglarini yaxshilab yuvganingizdan so'ng uni go'sht qiymalagichdan o'tkazing.Tayor niqobni yuzga surtib,15 daqiqadan so'ng iliq suv bilan yuving.


Категория: Har-Xil | Просмотров: 543 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 1
0  
1 nasri   (25.05.2011 16:58) [Материал]
tongue tongue tongue

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]