18:03 Mayli | |
Mayli, yod etmagin meni bir bora, Sendan menga mayli kelmasin bir so'z. Mayli, sen unutgin mening ismimni, Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas. Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda, Lek yurak toshligi tilagim emas. Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar, Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas. Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib, Balki sen bo`larsan armon yo havas. Agarda orzuing ushalsa mensiz, Menga armonliging unutmasang bas | |
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 553 | |
Всего комментариев: 4 | |
| |