Главная » 2011 » Июнь » 1 » Kino olam: "Qo'rg'oshin" filmi
04:14
Kino olam: "Qo'rg'oshin" filmi





Rejissyor Zulfiqor Musoqov nihoyat anchadan buyon taqdim etilishi rejalashtirilgan "Qo’rg’oshin” nomli yangi filmini taqdim etdi. Vatanparvarlik mavzusida suratga olingan ushbu film Musoqovning "Vatan” kartinasidan keyingi ishi. Eng qizig`I "Kinochilar uyi”da namoyish etilayotgan ushbu fim tomoshabin kamligi sabab oradan o`n kun o`tmasdanoq namoyishdan olib qo`yildi!

Kelayotgan: Klipmeyker sifatida tanilgan Jasur Shametov endi kinoda o’zining debyut ishini havola etishga kirishdi. U suratga olayotgan film "Uchrashuv” deya nomlangan. Debyut filmda Alisher Uzoqov, Ziyoda, Jumadilla Rametov, Shohida Uzoqova va Ruxshona bosh rollarda namoyon bo’lishadi. Komik melodramma shaklida suratga olinayotgan "Uchrashuv” filmiga kim saundtrek kuylaydi? Yana Alisher Uzoqov va Ziyodami? Kuzatishlarimizdan so’ng ular haqida xabar beramiz.

Kutilmaganda: Adiz Rajabovning "Kinonigoh” ko’rsatuvi mehmoni Zebo Navro’zova bo’ldi. Hayot aynalaveradi. Axir rejissyor Adizdan taklifini rad etgani uchun xafa bo’lgandi-ku. Nima bo’lganda ham ushbu suhbat jarayonida "Baxt izlab...” filmi haqida ochiq-oydin fikrlar bildirildi. Shu o’rinda Adizning ko’rsatuv boshlovchisi sifatidagi faoliyatiga nazar tashlaymiz. Unchalik emas, degan fikrdan nariga o’tolmaymiz. Negaki, so’zlarning oxirigacha talaffuz etilmasligi va gap jumlalarida yaxshi fikr aytilmayotgani Adizdan yaxshi boshlovchi kutish kerak emas, u vaqtincha shu ishga kirishgan degan xulosani berib turadi. O’tgan gal Adizni "Kinokuryer” ko’rsatuvini olib borayotgan Bobur Yo’ldoshevga raqobatchi bo’la oladimi, degan savolga to’xtalgandik. Buguni shuni aytish kerakki, hali Adizga bu borada ancha tajriba kerak ekan.



Категория: Har-Xil | Просмотров: 872 | Добавил: BVLGARI
Всего комментариев: 2
0  
2 nasri   (01.06.2011 13:01) [Материал]
cry cry cry

0  
1 BVLGARI   (01.06.2011 05:09) [Материал]
attak chikaraslar deb o'ylamodim shunaqa qiladi ekanda a boldi urganvoldim

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]