Главная » 2011 » Апрель » 23 » Ketaman...!
19:27
Ketaman...!
blue_hair_anime_girl[1].png

Ketaman…
Siz qoling- baxtiyor, xushnud.!
Men olib ketayin
barcha g’amlarni…
Bir o’zim gunohkor,
Men o’zim noshud,
Sizga qoldirmayaman also ayblarni.
Ketaman…
Ko’nglimga qilmay xiyonat,
Sog’inib yashamoq uchun…
Ketaman.!
Vafodorim deya sizni xayolan,
Yukinib yashamoq uchun ketaman.!
Ketaman…
Kechsam-da, istaklarimdan,
Og’rinmay, jimgina kulib ketaman.
Endi o’ksitmayman ko’nglimni aldab,
Ko’ksimdan orzuni yulib ketaman.
Mana, siz-
Qarshimda kulib turibsiz,
Qo’lingizda menga atalgan gullar.
… Botar kulgichimga bo’salaringiz,
Bunchalar, bunchalar shirin u damlar…
Ketaman…
Yo’q zarra e’tiroz, ta’nam
Aybim-
O’zdan tonib sizni sevganim.
Sizni yo’qotganim qilmaydi alam,
Biroz og’ir bo’lar shunday ketganim.
Ketaman…
Ko’zlarim bo’ldi yig’lamang.!
To’tiyo aylaymiz bevisol ishqni.
Bas, umidbaxsh kuyni endi…
Tinglamang.!
Bizga atalgani mungli qo’shiqdir.!
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 545 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 3
0  
3 sher_lev   (01.05.2011 18:46) [Материал]
TASSANNO QOIL RAXMAT SHER UCHUN

0  
2 QoRaKoZ   (24.04.2011 10:21) [Материал]
ШЕЪР УЧУН РАХМАТ

0  
1 Oyimtila_Honimcha   (23.04.2011 19:27) [Материал]
sad sad sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]