Главная » 2011 » Апрель » 27 » ЮЛДУЗЛАР ОСМОНДА ЭМАС, РУЛДА!
09:34
ЮЛДУЗЛАР ОСМОНДА ЭМАС, РУЛДА!



O'zimizning san'atkorlarimiz orasida ham avtomobil tanlashda qaysarlar va nozik didlilar yo'q emas. Kim uchundir mashina transport vositasi, kim uchundir esa — xobbi.

Dilshod Rahmonovning mashinalarga qiziqishi juda kuchli. Shu bois bir necha marta avtolarini almashtirgan. Hozirgi kunda "Toyota Prado”da yuribdi. Sobirjon Mo'minov ham oq "Toyota Prado” jipini haydaydi. "Maftuningman” filmi yulduzi Turg'un Azizov, ham xuddi shu rusumdagi avtomobilda teatrga qatnaydi.
"Otga qamchi bosishni yaxshi ko'radigan” Hosila Rahimova "Toyota Prado” haydar edi. "Edi” deyishimizning sababi shundaki, bugungi kunda bu mashinani Hosilaning o'zidan ko'ra ukasi ko'proq boshqaryapti.
"Epica” avtomobillariga ham san'atkorlarimiz orasida qiziqish yo'q emas. Masalan, Anvar Sanayev va Yoqutjon Rajabov qora "Epica”ni boshqarishadi.
"Lacetti” mashinasi san'atkorlarimiz orasida yaxshigina ommalashgan. Ulug'bek Rahmatullayev, Lola Ahmedova (oq) Alijon Isoqov, Jasur Umirov (moviy), Alisher Fayz (qora), "Surxon” guruhidagi Akbarali, Ilhom, xonanda Zebolar xuddi shu rusumdagi avtomobilni ma'qul ko'rishadi.
"Matiz” avtomobiliga ishqibozlar ham topiladi. Ziyoda (gavdasiga yarasha), Iroda Iraliyeva (nozikligiga yarasha), Abdurayim Abduvahobovlar shular jumlasidandir.
"Toyota Prado”ga nisbatan biroz ixcham "Captiva” jipini Jahongir Poziljonov, Kaniza (qora) haydayotganini ko'rishingiz mumkin.
San'atkorlarimiz orasida eng sevimli avtomobil markasi qaysi ekanligini bilasizmiq Albatta, "Nexia”! Rayhon, Nilufar Saidova (oq), Larisa Moskalyova (bundan avval "Lada Kalina” haydagan), "Surxon” guruhi xonandalari To'lqin Fayz hamda Odil Karim, Iroda Yo'ldosheva (oq), Sarvara, Dilnoza Ismiyaminova (qaymoq rang), Shahnozabonu (lekin o'zi mashina haydashdan cho'chiydi), teatr aktyor va aktrisalaridan Muqaddas Xoliqova, Botir Muhammadjonov, Mahmud Ismoilov, Tolib Mo'minov, shuningdek, Alisher Uzoqovlar "O'zimizning "Nexia”dan qo'ymasin!” deydiganlardan.
Haydovchilik mahoratini oshirishda "Jiguli”dan foydalanganlar ko'p. Ulardan Hosila Rahimova, "Surxon”chi To'lqin Fayz, Odil Karimlarni sanab o'tish mumkin
Категория: Har-Xil | Просмотров: 896 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 4
0  
4 Oyimtila_Honimcha   (05.05.2011 09:15) [Материал]
Thanks for info

0  
3 QoRaKoZ   (29.04.2011 10:06) [Материал]
берган маълумотлариз учун рахмат

0  
2 jimo   (28.04.2011 02:41) [Материал]
cry cry cry

0  
1 marka   (27.04.2011 23:43) [Материал]
Жуда кизикарли маълумот. Яна янгиларидан кутамиз. smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]