Главная » 2011 » Апрель » 27 » Jondan to'ygan farzand o'zini arqonga osgan........
22:44
Jondan to'ygan farzand o'zini arqonga osgan........

Jondan to'yganingda o'zingni o'sha arqonga osgin....

Aytishlaricha bir badavlat kishining Yakkayu yagona o'g'li bo'lib, U juda xam isrofchi va bexuda sarflovchi ekan. shunda otasi bir baytni aytar ekan.
Davlat o'yin uchun emas jaxonda,
O'zni saqlash uchun doim Omonda.
Ota o'z o'g'lining noqobil ekanini bilgani uchun oldindan chora ko'rib, o'lar paytida debdi:
-Ey o'g'lim Men o'lganimdan keyin boyliklarimning bari senga qoladi, ishonchim komilki sen ularning barini bexudaga sarflab bitirasan qo'lingda xech narsa qolmay, ochlik va nochorlik bilan oxiri o'limingga rozi bo'lasan.Men narigi uyning burchagidagi tomning shipiga arqon bog'lab qo'yganman. Jondan to'yganingda o'zingni o'sha arqonga osgin!!!
Ota shu gaplarni aytib jon berdi. Noqobil farzand ko'p o'tmay xamma pulni sarflab tugatibdi. oxiri gadoylik qilishdan or qilib, o'zini osib o'ldirishga qaror qilibdi. otasi tayinlab ketgan uyga kirib, arqonning uchini bo'yniga solib o'zini osibdi. Tom to'sini uni ko'tarolmay sinib ketibdi. Shu on tuproq aralash otasi ataylab o'g'li uchun berkitib ketgan boyliklar yerga tushdi. Mexnat bilan topiladigan boylik qadrini tushunib yetgan o'g'il endi pulni o'ylab ishlatadigan, xayrli yo'llarga sarflaydigan bo'ldi.Otasi xotirasi uchun xalqni xushnud qilishga va saxovat nuridan baxramand qilishga kirishdi.

Категория: Har-Xil | Просмотров: 742 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 6
0  
6 madi   (29.04.2011 11:49) [Материал]
angry angry

0  
5 QoRaKoZ   (29.04.2011 10:14) [Материал]
dry dry

0  
4 QoRaKoZ   (29.04.2011 10:14) [Материал]
ОША ОГЛИГА ИНСОФ БЕРГАНИ РОСТ БОЛСИН

0  
3 ziko69   (28.04.2011 16:09) [Материал]
cry smok fear

0  
2 jimo   (28.04.2011 02:35) [Материал]
hamma shunaqa boshi devorga uriladi va keyin tugri yuldan ketamiz Alloh hammamizni uz panohida asrasin duslarim

0  
1 marka   (27.04.2011 23:29) [Материал]
surprised surprised surprised

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]