10:18 Italyancha shpinatli tortellini | |
Italyancha shpinatli tortellini Tortellianini turli hil nachinkali tayyori sotiladi paketda, bu safar o'zim qilib ko'rdim, tayyoridan biroz kattaroq tugdim, chunki juda kichkinagina bo'ladi do'kondagisi. Bu taom o'zimizni ko'k chuchvaraga ham o'hshaydi. Yaqinda Hudo hohlasa bahor kelib vitaminlarga boy yangi ko'katlar o'sib chiqqanida shunday ko'katli chuchvaralar qilinadi odatda. Hozircha esa man muzlagan shpinatdan tayyorladim:) Shpinatni o'zini unaqa mazali ta'mi yo'q shunga pishloq va rayhon bilan ajoyib mazali bo'ladi. Hamiriga 2ta tuhum 1stkakan un tuz 1oshqoshiq zaytun yog'i nachinkasiga 1kosadan kamroq shpinat 1piyola parmezan pishloq tuz quritilgan rayhon sho'rvasiga 2ta pomidor yoki 150gr o'zini suvida konservalangan pomidor 1piyola shpinat 2ta bo'lakcha sarimsoq 2oshqoshiq zaytun yog'i 1,5l bulyon (tovuq yo mol go'shti qaynatmasi) tuz Chuchvaranikidaka qattiqroq hamir qilib, yupqa yoyib kvadrat shakllarga kesib chiqiladi va shpinat va psihloqli nachinkani choy qoshiqda solib chuchvara shaklida yoki oddiy bukib chetini biroz suvlab yopishtirib chiqiladi, shunda yahshi yopishadi ochilib ketmaydi. Muzlagan spinatni eriganida suvdan ajratib olish kerak, bo'lmasa suvi chiqib ketadi hamir bo'kib qoladi. Sho'rvasi. Tovaga zaytun yog'ini solib o'rtacha olovda mayda tog'ralgan sarimsoqni nomiga qizartirmasdan qovurib olinadi, shunda yog'ga sarimsoqni mazasi chiqadi, ammo tez tez aralashtirib kudirib yubormaslik kerak. Mayda kubik tog'ralgan pomidorlarni tovaga solib 2-3 daqiqa aralashtiriladi so'ng tuz va bulyon quyilib 5daqiqacha o'rtacha olovda qaynatiladi, qattiq emas, pomidor rangi hiralashib ketmaydi. Tayyor tugilgan tortellinilarni qaynatmaga solinadi, ketida shpinat solib 5daqiqa pishiriladi, ichidagi tayyor nachinka, hamiri pishsa bo'ldi, yupqa bo'lganiga tez pishadi, hamir tuhumni o'ziga qattiq qilinganiga dirkillab turadi yumshab yoyilib ketmaydi. Aytgancha, shpinatni o'zbekchasi ismaloq ekani endi esimga tushdi :) | |
Категория: Oshxona | Просмотров: 677 | |
Всего комментариев: 3 | |
| |