Главная » 2011 » Июнь » 1 » Istaysizmi Agar Men....?.....
05:30
Istaysizmi Agar Men....?.....







Hursand bo'lasizmi, ko'zlaringizga,

Bahtga to'la nigoh bilan qaraganimda.

Siz ham quvonasizmi, Tangridan tilab,

Sevgimizga umrlar so'raganimda.



Kulmaysizmi, ayting agar istasam,


Shamol bo'lib siz tomon uchib bormoqni.

Yomg'irga aylanib boshingiz uzra,

Mayin - mayin bo'lib yog'ib turmoqni.



Haydamaysizmi meni, kapalak bo'lib,


Ohista sochingizga qo'nsam.

Bardosh tilaysizmi, telba dunyoda,

Sizdan olislarda yonmoqqa ko'nsam..?
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 592 | Добавил: BVLGARI
Всего комментариев: 1
0  
1 Oyimtila_Honimcha   (04.06.2011 23:24) [Материал]
chiroyli sher chiqibd omad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]