Главная » 2011 » Апрель » 19 » Inson hayotida vitaminlar organizgm uchun muhim rol o'ynaydi.
10:23
Inson hayotida vitaminlar organizgm uchun muhim rol o'ynaydi.

Inson hayotida vitaminlar
organizm uchun muhim rol
o ‘ynaydi. Qaysidir vitaminlarni
yetishmasligi oqibatida
organizmda kasallikka moyillik
uyg‘onadi. Ayollar uchun esa
qaysi vitamin nima uchun
kerakligini bilish nihoyatda
zarur. Vitaminlar va
kosmetologiya o‘zaro uzviy
bog‘liq. Organizmingizdagi
o‘zgarishlarga qarab qanday
vitaminlar yetishmayotganligini
bilib olasiz. Shunga qarab o‘z
taomnomangizni tuzishingiz
mumkin.
Vitamin A: Bu vitamin teri,
sochlar va tirnoqlar uchun juda
kerakli. A vitamini yetishmasa
teringiz dag‘allashadi, teri tez
quruqshab, ko‘chadi.
Sochlaringiz quruqshab, tez
sinadigan bo‘lib qoladi. Bu
vitamin baliq yog‘i, buyrak, jigar,
sabzi, o‘rik va qarolida ko‘p
bo‘ladi.
Vitamin B1: Bu vitamin
uglevodlar almashinuvini
mo‘’tadillashtiradi, asab tizimi,
hujayralar va oshqozon-ichak
trakti faoliyati uchun zarur.
Aqliy va jismoniy faoliyat bilan
ko‘p shug‘ullanuvchilar bu
vitaminni ko‘proq iste’mol qilishi
kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va
oqarishi shu vitamin
yetishmasligidan dalolat beradi.
Bu vitamin sut, mol go‘shti,
cho‘chqa go‘shti, no‘xat,
kartoshka, yurak, jigar va
buyrakda ko‘p bo‘ladi.
Vitamin B2: Bu vitamin
yetishmasa, yuzingizda
husnbuzar paydo bo‘ladi. Lab va
og‘iz atrofi tez-tez yoriladigan
bo‘lib qoladi. Bu vitamin
xamirturush, tuxum sarig‘i, sut,
jigar, buyrak, baliq, go‘sht va
tovuq go‘shtida ko‘p bo‘ladi.
Vitamin B3: Pigmentatsiya
uchun javobgar. U yetishmasa
soch oqaradi. U barcha turdagi
o‘simlik va go‘shtlarda bo‘ladi.
Vitamin B6: Asab tizimi va
oqsillar almashinuvi uchun zarur.
Bu vitamin jigar, sut, kartoshka,
sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch,
bug‘doy va karamda ko‘p
bo‘ladi.
Vitamin B9: Hamma ichki
organlar, teri va soch
to‘kilmasligi uchun zarur. Bu
vitamin lavlagi, tarvuz, qovun,
tvorog, olma, sabzi, karam,
tuxum va piyozda ko‘p bo‘ladi.
Vitamin E: Teri kasalliklari kelib
chiqmasligi uchun zurur. Bu
vitamin sut , tuxum sarig‘i va
sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.
Vitamin C: Organizmni kasallikka
qarshi kurashish qobiliyatini
ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va
terida dog‘ paydo bo‘lmasligi
uchun zarur. Bu vitamin barcha
tsitrus mevalarda, qulupnoy,
malina, karam, petrushka, ukrop,
qizil qalampir va baqlajonda ko
‘p
bo‘ladi.
Yuqorida berilganlarga qarab o‘z
organizmingizda qanday vitamin
yetishmayotganligini bilishingiz
mumkin.
Категория: Oshxona | Просмотров: 767 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 3
0  
3 _ShaxboZ_   (06.05.2011 20:48) [Материал]
malumot uchun raxmat omad

0  
2 QoRaKoZ   (19.04.2011 13:33) [Материал]
берган малумотлариз учун рахмат

0  
1 marka   (19.04.2011 10:50) [Материал]
Маълумот учун котта рахмат

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]