Главная » 2011 » Май » 2 » Hayot bunchalar beshavqat
07:31
Hayot bunchalar beshavqat




Bu voqiyani menga va oyimga bir ayol so'zlab bergandi.....Bu dunyoda shunchalik mehribon va farzandlari uchun hamma narsaga tayor otalar juda ko'plab topiladi....
Bu hozirgi so'zlab beradigan voqiyam sizlarga ibrat bo'ladi degan umidaman!

Otam 1940 yilda tugilganlar va 2 yoshida onadan ayrilganlar. Shundan keyin hamma baxtsizliklari boshlangan. Bobom boshqa xotinga uylanganlar. O’gay ona hech qachon o’z onangday bulmaydi deyishadiyu. O’gay onasi shunday kunlarni kursatgan ekanlar, buni yozish uchun 10 ta varaq kamlik qiladi. Sekin-asta kattaraveribdi. Keyin pedogogika unstitutiga o’qishga kirib muvafiqiyatli tugatibdilar. Keyin qo’shni qiz bulgan onamga uylanibdi. Birin –ketin farzandli bo’lishibdi, ular 7 ta qiz va 2ta o’g’illi bo’lishibdilar. Orada ancha qiyinchiliklar ko’rishibdi, chunki yordam beradigan hech kimi bo’lmaganlar. Ikkita katta qizlarini birin-ketin uzatishibdi, y’ani opalarimni. Ular farzandli bo’lisholmadilar va turmushidan ajralishdilar. Bilasizlar o’zbek oilasi uchun farzand birinchi urinda. Otam ahvolini ko’rsangiz edi, chunki otam juda-juda mehribon edilar oilasiga nisbatan. Ancha vaqtgacha o’zlariga kelolmadilar. Shu orada keyingi ikkita qizlari , y’ani men va opam ham bo’yimiz etib qolgandi. Maqtash emas biz qizlar qishloqning oldi qizlari edik, hammani bizga havasi kelardi, chunki hammamiz bir-birimizga mehribon, chiroyli va hamma ish qo’limizdan kelardi. Lekin opalarimni bolasi bo’lmagani uchun hamma bizni kelin qilishdan qo’rqishardi ” bularni ham bolasi bo’lmasachi” deb. Va nihoyat opamni kambag’alroq oilaga uzatishdi. Oradan bir oy utdi. Menga ham sovchilar kela boshladi, bir uzoqroq qishloqda yashaydigan qarindoshimizni o’g’liga meni uzatishdi. Xursanchilik ustiga hursandchilik, chunki opam ham men ham homilador buldik tezgina. Otamni hursandligini kursangiz edi. Ikkalamiz ham o’g’illik bulgandik. Akalarimni ham uylantirishdi. Keyin yana berin-ketin ikkita singillarimni uzatishdi, lekin ular ham farzandli bo’lisholmadi. Otam uchun yana qorang’i kunlar boshlangandi. Mehribongina otajonim qizlarini olib bormagan doktoriyu, tabibi qolmadi desam yolg’on bular,lekin qo’lidan kelganini qildilar, chunki har doimo ularni shunaqa bo’lishiga men aybdor deb o’ylardilar, o’zlarini aybdor his qilardilar peshonam bunchalik sho’r bulmasa deb xafa bo’lardilar. Otam o’lmaslaridan oldinroq

Yana bir singlim turmushidan ajraldi. Otam shunchalik xafa buldilar, tariflay olmayman. Yana bir singlim bor , endi uning taqdiri nima bo’ladi deb, hammamizni boshimiz qotgandi. Uning yoshi ham ulg’ayib borayapti. Va nihoyat unga ham sovchi keldi. Qishoqni uzidan. Ota- onasi yaxshi odamlar deb singlimni non ushatishdi. Oradan to’rt oylar o’tgandan keyin bilsak u yigitni shaharda xotini va bolasi bor ekan. Bunisi endi oshib ketdi, bunga endi chidash juda qiyin . Otam buni eshitib insult bo’lib tanasi ishlamay qoldi, Xudoga shukur akalarim ikkalasi ham doktor, ular otamni uzlari davolashdi. Hammasi joyidaday , otamni tanasi yana ishlay boshladi, Toshkentga menikiga mehmonga kelib ketdilar. Mening va bolalarimni taqdiri shunaqa ekan endi chidaymizda dedilar. Sabrli bulishga harakat qila boshladilar, lekin bunisi juda oshib tushdi, katta opam(shu opamni otam juda yaxshi kurardilar)kasal bulib qoldilar. Yani badanlariga oq dog’ toshib ketdi. Avvaliga otamga aytmagandik, ko’tarolmaydi deb, baribir aytdik. Oh bunchalik shavqatsiz ekan bu dunyo. Otajonim tamom buldi, ko’tarolmadilar. Opam oldilariga borib hech narsa deyolmapdilar, faqat quchoqlab yig’lab-yig’lab qaytib keptilar, mehmonga kelgan opamga” endi yasholmayman buni kutarolmayman o’lsam ham bo’laveradi”debdilar. Oradan uch kun o’tgach uxlaganlaricha qaytib turmasdan uyqusida olamdan utdilar. Otam o’limidan keyin to’rt oy o ’tgach katta singlimni eri otang o’ldi menga endi kerak emassan otang yaxshi ishlarga kerishimga yordam beradi deb sen bilan yashab yuruvdim deb uni haydab yubordi. Hozir uyda uch singlim bor, ular ham bir kun baxtli bulishar deb umid qilaman. Katta opalarim turmush qurishgan ikkinchi marta. Mehribongina otajonim ilohim joylari jannatda bo’lsin, farzandlari dardida ko’yib tamom buldilar. Hayot bunchalik beshavqat ekan-a.
Категория: Har-Xil | Просмотров: 633 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 2
0  
2 nasri   (07.05.2011 20:32) [Материал]
surprised surprised surprised

0  
1 marka   (02.05.2011 16:13) [Материал]
Жудаям ачинарли вокея экан. Оллохим узи рахмли буларгаям куйган яхши кунлари бордир.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]