Главная » 2011 » Июль » 13 » HAR KUN ASAL YEB NOLISAK, QOTGAN NON YEB SHUKUR QILGANI KO'RIB SABOQ OLAYLIK!
22:20
HAR KUN ASAL YEB NOLISAK, QOTGAN NON YEB SHUKUR QILGANI KO'RIB SABOQ OLAYLIK!

Ba`zan bu Dunyoning firibi, boylik vasvasasiga tushgan odamlari, dindor bo`lib dinini mahkam tutolmay, yana kimlargadir aql o`rgatadigan aqllilari, yuzingga qarab kulib orqangdan xanjar uradigan do`stlar, tirnoqqa zor oilalar-u, yangi tug`ilgan chaqalog`ini hech ikkilanmasdan axlatga tashlaydigan fohishalari… Qisqasi, bu Dunyoning boridan to`yganda ko`chada hammaga kulgi bo`lib yurgan devonaga havasim keladi, ustimdan kulsangiz ham aytaman: ha o`sha biz masxaralayotgan devonaga havas qilaman. Chunki u bizni ayblarimizni o`zimiz hatto oynada ko`rolmaydigan nuqsonlarimiz aksini ko`rsatadi. Biz esa bundan umuman bexabar holda majnunsifat devonaning ko`rsatayotgan qiliqlariga qarab qotib-qotib kulamiz. Bu devona hatto olimu fuzalolar ming mashaqqat bilan o`rgangan hayot darsidan saboq berayotganligini biz tushunib yetmaymiz. Xokisorlik, Oshiqlik, Armon, Dard va Ko`ngil darsidan. Devonani gapirtirib o`z telefonlariga kichik bir film qilib tushirib keyin atrofdagilariga ko`rsatib kulib qanchadan qancha gunohni o`zlariga sotib olayotgan odamlarimiz, hech ikkilanmasdan, butun dunyoga jar solgudek mana ko`rib qo`yinglar mening mahallamda, mening ko`chamda mana shunday devona bor deb nimaga erishishar ekan. Oldin sen o`zingga boq do`stim. Bu devonani ertaga beradigan hisobi yo`q lekin senc-hi? Qisqasi, bir-birimizni ustimizdan kulish,bir- birimizni balchiqqa bulash bilan kunimiz o`tayapti...Bir qo`shnimiz ozgina boyib qolsa, bu bechorani qara "ko`rmaganni ko`rgani qursin” deymiz…Lekin o`sha boylikni Xudo bizga bersa o`sha qo`shnimizdan besh battar tamoshani ko`rasiiz....Aziz aka- opalar unutmaylik senga, menga, unga berilgan har bir ortiqcha qism yoki bo`lak albatta atrofimizdagi kimningdir haqqidir. Faqat Alloh bizni bu o`tkinchi dunyoda boylikda sinash uchun o`sha akamizni yoki ukamizni yoki qo`shnimizning haqini bizga bergan...Biz boymiz deb g`ururlanib ich-ichimizdan sevinib, et olib yurgandan ko`ra mahalladan yordam pulini olib kuniga etkaza olmaydigan qo`shnimizning holidan ozgina bo`lsa ham xabardormizmi? Shu haqda o`ylaymizmi? Baribir yi`gib-qurib hech narsaga erishmaymiz, yarimta non bilan to`yadigan bu qorinni kajavaday qilib qo`lda tillo soatlarda, uyimiz to`la o`zimizga o`xshagan kazo- kazolar, har kuni jiz, tandir kabob eb bir kichkina idishda bo`lsa ham qo`shnimizga uzatishni xotir qildikmi? Yo`q albatta...Qo`shnimiz esa uyimizdan chiqayotgan anvoyi hidlardan to`yib-to`yib hidlayotgan bolasiga, bolam unaqa qilma uyat bo`ladi deyishdan nariga o`tmaydi, chetroqqa borib qo`li kaltaligidan o`ksinib yig`lab qo`yadigan holatlar yo`q deysizmi? Qo`shnimizning pul so`rab chiqishidagi holatgacha bormaylik. Ketmon so`rasin-chi? Ba`zilarimiz ana hovli to`rida hech kimga keragi bo`lmay chang bosib turgan ketmonimizni ham yashiramiz...Ketmonni amakisi olib ketuvdi-ya...Bir-birimizga bo`lgan hasadimiz shunchalik kuchliki, agar bunaqa hasad eng zaharli deganimiz chipor ilonda bo`lsa hasad zahrini tanasida qanday saqlashni bilmay ilonni o`zi xam til tortmay o`lardi, lekin biz o`lmay bu zaharni oxirigacha olib borishga ahd qilamiz, bir qancha odamlarni o`ldirib ana undan keyin o`zimiz behol bo`lib yiqilamiz. Janozamizga kelganlar esa juda yaxshi odam edi. Alloh rahmatiga olsin deb qo`yishadi. Ular ham nima desin bechoralar… Ha bir umr shu ko`cha loyga to`lgandi, cho`ntagidan bir so`m chiqarib, kelinglar shu ko`chani tekislab asfalt qilaylik, savob bo`ladi demagan odam edi deyishsinmi? Yo`q bizni Xalqimiz chumoliga ham ozor bermaydigan, andisha bilan yashaydigan, birovning yuziga tik qarab kamchiligini yuziga soladigan yoki tuhmat qiladiganlardan emas... Orasida bitta-ikkika bo`lsa bordur, Ularni yaxshiliklarimiz bilan bir-ikki marta uyaltirsak yaxshilar safiga tushishadi...Bizda ham boylar kam emas lekin har safar uyga dam olsihga borganda bir narsani guvohi bo`laman, kambag`al Xudoga shukur deb yashab yuribti lekin tagida qo`sha-qo`sha "Lacetti”si bor odam, bundaylar kim boymi? Ularning ikkta "Lacetti”si bor ekan demak, ular millioner, ular nimadan noliydi? Voy falon narsa falon narx bo`p ketdi, piston narsa falon narx bo`p ketdi, baraka topgur siz sarf qilgan charlarini puliga evropalik o`rtahol oila bir oy ro`zg`or tebratishini bilsangiz ko`zingiz chiqib ketarmidi. Halolingiz bo`lsin. Borida isrof qilmay, eb- ichishga nima etsin lekin isrof ham katta uvol. Bu esa gunohdir. Hasad, Ig`vo, Nafs, molparastlik bu bizning borimizni eb bitirayotgan illatlardir. Mana shu illatlardan poklansak, shuning o`zi Allohning dargohida ulug` ibodatday qabul bo`ladi InshaAllah…
Категория: Har-Xil | Просмотров: 540 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 2
0  
2 tasnimka   (14.07.2011 18:25) [Материал]
raxmat, shunaqa hayotiy temalani kutib qolamiz.

0  
1 tasnimka   (14.07.2011 18:23) [Материал]
To'ri gapla yozilagan, lekin buni o'shnaqa odamla o'qirmikan, o'qigani bn o'zini munaqa dib oylamidi ula.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]