Главная » 2011 » Апрель » 8 » Gunohi Kabiralar (Qur'ondan Oyatlar va Sahih Hadislar) №2
07:03
Gunohi Kabiralar (Qur'ondan Oyatlar va Sahih Hadislar) №2



SEHR - Sehrgar, shak-shubhasiz, kofirdir. Alloh taolo aytadi: «Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» (Baqara surasi,
102). Mal’un shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi – ularni mushrikka aylantirish. «Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni, odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar. – Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning orasini buzadigan narsalarni
o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar
yetkaza olmaydilar. Ular o‘zlariga hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni
o‘rganadilar. Axir (Allohning Kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga
oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku» (Baqara surasi, 102).

Ko‘plab gumroh kimsalarning sehrga aralashib yurganiga guvoh bo‘lasiz. Ular sehrni
faqatgina harom deb o‘ylaydilar va uning kufr ekanini his qilmaydilar. Bu hol ayniqsa,
er-xotin orasidagi munosabatlarda – issiq-sovuq va shu kabi narsalarni qilishda yaqqol
namoyon bo‘ladi. Ular bu ishlarida aksariyat qismi shirk va kufr bo‘lgan so‘zlarni
qo‘llaydilar.Sehrgarning jazosi – o‘lim. Chunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq ish qilgan bo‘ladi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlaninglar», deb ulardan biri sehr ekanligini bayon qilganlar (Buxoriy, Muslim rivoyati).Har bir banda Alloh taolodan qo‘rqishi va dunyo-yu oxiratini kuydirib yuboradigan buningdek ishlardan saqlanishi lozim. Jundab roziyallohu anhu aytgan edilar: «Sehrgarning jazosi – qilich bilan chopib tashlash».

Bajola ibn Ubda aytadi: «Umar roziyallohu anhudan vafot etishlaridan bir yil oldin
maktub oldik. Unda, «Sehrgar erkagu sehrgar ayolning har birini o‘ldiringlar», deyilgan
edi (Ahmad, Abu Dovud rivoyati). Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh azza va jalla: «Mendan o‘zga iloh yo‘q. Sehr qilgan va sehr qildirgan, fol ochgan va fol ochdirgan, shumlangan va shumlantirgan kimsalar Mendan emas» deydi», deb ayrim kitoblarda o‘qidim». Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Folbin sehrgardir, sehrgar esa kofirdir», deganlar.

Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Uch toifa odam jannatga kirmaydi: «Mast qiluvchi narsaga odatlanib qolgan kimsa,
qarindosh-urug‘lar bilan aloqani uzgan kimsa va sehrni tasdiqlovchi kimsa» (Ahmad, Ibn
Hibbon, Hokim rivoyati). Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Albatta, dam solish (afsun o‘qish), tumor taqish va issiq-sovuq qilish shirkdir» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Kimki tumor yoki munchoq taqib, bu ko‘z tegishidan saqlaydi, deb e’tiqod qilsa shirk
keltirgan bo‘ladi.

Issiq-sovuq Alloh taolo bitgan taqdirga ta’sir etadi, deb e’tiqod qilishadi. Bu esa shirkdir. Xitobiy roziyallohu anhu aytadilr: «Agar Qur’on yoki Alloh taoloning ismlari bilan dam
solsa, bu mubohdir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husayn
roziyallohu anhumolarga dam solib: «Sizlarni Allohning to‘liq kalimalari ila har bir
shaytonu hasharotdan va har bir yomon ko‘zdan O‘z panohida saqlashini so‘rayman»,
der edilar» (Hokim rivoyati).

Категория: Islamic | Просмотров: 687 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 2
0  
2 Oyimtila_Honimcha   (16.04.2011 04:04) [Материал]
Raxmat olloh rozi bo'lsin sizdan

0  
1 QoRaKoZ   (12.04.2011 10:18) [Материал]
ХАММА ГУНОХ КИЛИШДАН САКЛАНСИН

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]