Главная » 2011 » Июль » 11 » Endi u yor meni demasmi?!
22:21
Endi u yor meni demasmi?!

Уменьшить Ko’nglimga ozorlar soldi yor

Mendan ham ayrilib qoldi yor

Bilmaydi menda ham yurak bor

Xor qilmoqlik uvol emasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Ko’zimni oldidan ketmadi

Sog’inchim shamollar eltmadi

Tonglar otaverdi qiynadi

Zor qilmoqlik azob emasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Qo’lida bir o’yinchoqman men

Zerikkanda ovunchoqman men

Hayotim o’yindir misoli

O’yin qilmoq gunoh emasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Hayollar oromim o’g’irlab bo’ldi

Meni sevmas ekan umidim so’ndi

Qalbim fig’onlar-u armonga to’ldi

Ishonmaslik gumon emasmi

Endi u yor meni demasmi?!

O’zin ko’z-ko’z qilib bunchalar

Qiynar yuragimni shunchalar

Dilimning ko’z yoshlari tomchilar

Rashq qilishim u tushunmasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Nega sevdim borimni berib

Nega sevdim jonimni berib

Qiynaverar holimni bilib

Endi ortiq meni sevmasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Tushunsaydi o’zgarolmayman

Bevafoni men sevolmayman

Qizg’onaman lek kecholmayman

Qizg’onishim sevganimmasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Dardimni bilmaydi eh afsus!

So’ramaydi holim ham ma’yus

Ko’nglimni egallab oldi kuz

Hazon bo’lsam xursand bo’lmasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Men baribir uni sevaman

Sevaman va yonib sevaman

Uni faqat uni sevaman

Meni ham o’ylasa bo’lmasmi

Endi u yor meni demasmi?!

Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 642 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 5
0  
5 BVLGARI   (13.07.2011 05:30) [Материал]
Yana Kutamiz Sevgilim

0  
4 BVLGARI   (13.07.2011 05:30) [Материал]
Bravo Zo'r Sher Ekan

0  
3 tasnimka   (12.07.2011 18:33) [Материал]
qayg'uli, alamli bo'sayam judayam chiroyli sherakan. Raxmat Muniska_Jajji!

0  
2 sher_lev   (12.07.2011 10:55) [Материал]
bola buncha qayguli va rost suzlar aaaaa cray cray

0  
1 Oyimtila_Honimcha   (11.07.2011 22:22) [Материал]
cray

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]