Главная » 2011 » Август » 7 » DIL IZXORI (maktub)
23:21
DIL IZXORI (maktub)


Sizga xat yozishimdan yagona maqsadim ayni paytda qalbimga sig'may, menga ancha vaqtdan buyon
tinchlik bermay kelayotgan xis-
tuyg'ularim xaqida yana bir bor bo'lsa-da, gapirib berishdir.
Ochig'ini aytsam, bu tuygularimni
xech kachon Sizga to'liq tushuntirib
bera olmasam kerak, chunki ular
shu kadar tezlik bilan meni o'ziga
buysundirib oldiki, xatto bu tuyg'u nima ekanligiga dastlab uzim xam
tushuna olmay koldim. Biroq, keyinrok, men xaqiqatdan xam Sizni SEVIB qolganimni anglab yetdim, yana xam to'g'risini aytsam, TAN OLDIM. ism......, balki shu paytga kadar Sizga bu kabi dil izxorlari juda ko'p marta bo'lgandir. Balki Siz mening bu gaplarimni o'qib xayron qolayotgan, kulayotgan, axlingiz chikayotkan, zerikayotkan yoki... xullas bilmadim. Ammo bir narsani aniq ayta olamanki, men xozir shu paytgacha bo'lmagan allaqanday g'alati bir xolatga tushib qolganman. Kechalari soatlab Siz bilan o'tkazilgan 3-5-daqiqalik suxbatni yoki Sizga alokador qandaydir mayda-chuyda voqealarni birma-bir esga olaman. Sizni ko'rdim deguncha, xuddi davlat imtixoniga kirib ketayotgan o'quvchidek qattiq xayajonga tushaman. Ochig'i, nima qilarimni bilmay koldim. Men Sizni tushunaman. Avvalo, men xakimda qanday fikrda ekanligingizni xam bilmayman. Shuning uchun, menga birgina imkon bering. Sizning ishonchingizni oqlash uchun imkon bering. Sizdan so'raydigan yagona iltimosim shu. Faqat, meni xozirgacha men baxra olayotkan baxt, masalan, (Sizning ovozingizni
eshitish yoki kulganingizni ko'rish baxti)dan maxrum qilmasangiz
bo'lgani. Menga shuning o'zi xam
yetarli. ism....... Tug'ri, sevgi aqlning emas, balki ko'ngilning ishi. Ya'ni aytmoqchimanki, sevish uchun miya kerak emas, balki yurak kerak. Odatda, sevgi maktublari turli she'rlar, shoirona gaplar bilan yoziladi. Men bunday yoza olmadim. To'g'risini aytsam, men bor fikru xayolimni bir joyga yig'ib, xammasini chuqur o'ylabko'rdim. Va mening oxirgi xulosam Siz mening xayotimga aylanishingizga ishondim. Mening yuragimdan chiqgan gap mana shu. Ushbu maktubni o'qishga ajratgan vaqtingiz va e'tiboringiz uchun raxmat, deb xurmat bilan, oshig'ingiz ism...... !!!
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 827 | Добавил: BVLGARI
Всего комментариев: 3
0  
3 nasri   (10.08.2011 15:54) [Материал]
4tr bravo
5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5 5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5 5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5

0  
2 shahzoda   (09.08.2011 15:35) [Материал]
5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5 5e4b5c85cc8235cac95ecd1027e467f5

0  
1 tasnimka   (08.08.2011 16:59) [Материал]
WOW zo'r, h=judayam chiroyli bayon qilingan.... getImage-40-

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]