Главная » 2011 » Май » 4 » Bugungi to'rtimiz"To'rt kitob
23:00
Bugungi to'rtimiz"To'rt kitob
Bugungi to'rtimiz"To'rt kitob
"
Bir kun oldin biskvit pishirib oldim.Kecha 13dan 17gacha shu to'rt b-n ovora bo'ldim.
Shunday qilib ichini o'zingiz xoxlaganizcha qilasiz,manda esa zakazim mevali to'rt edi.
1qavati-bananli
2qavati -yong'oqli
3qavati-ananasli bo'ldi
.
To'rtni muzlatgichga qo'yib,ganash tayyorladim:
Ganash
100gr qaymoq
100gr shok.plitka
Gazga qaymog'ingizni qo'yasiz. Atrofi qayni boshlaganida, gazni o'chirib,shok-ni bo'lib(maydaroq bo'laklarga) issiq qaymog'ingizga solib aralashtirasiz..Man oq shok. ishlatdim,chunki mastikam pushti edi.Butun jarayon mobaynida aralashtirib turasiz.
Ganash sovugach,qotib qolmasidan to'rt ustiga surasiz.

Aytgancha ganash surishdan oldin to'rtni bir chekkasidagi qirralarini kesib,dumaloqlab,tekkislab olamiz.

E'tibor bergan bo'lsangiz ganash to'rtning hamma yog'iga surilgani yo'q, faqat mastikaning tagiga surildi.
Chunki mastikaning tagiga yo ganash yo sgush+sariyog'li krem ishlatiladi.
Keyin to'rtingizni yana muzlatgichga qo'yasiz.Bir ozdan so'ng olib,pichog'ingizni qaynoq suvda isitib,quruqlab,to'rtni ustini tekkislaysiz.
Tekkislangan to'rtning ustini mastika bilan qoplaysiz.



Chap tarafdagi mastikani to'rtning tagiga kirgizib qo'yamiz.Tushuntira oldim shekilli.
Endi kitobning varoqlarini qilamiz.
Buning uchun belkoviy krem tayyorlab olamiz.To'rtim 20 kishilik edi.Shuning uchun 3ta tuxumga krem qildim.
Bemalol etdi,qoldiyam.



Kremni qalin qilib surasiz va arrada varoqlarning chiziqlarini tuchurib olasiz.
Qolgan kremni sariqga bo'yab qopchaga soldim.






O'zi kitob atrofidagi sariq bezakni krem bilan emas,mastikadan yasalgan jgut bilan bezatishim kerak edi.
Vaqtim kam bo'lgani uchun krem ishlatdim .
Xullas kitobimiz tayyor bo'ldi.Endi uni xoxlaganizcha bezatsangiz bo'ladi:





Man "червячок"ni to'rtni ustiga qo'ygunimcha,qizlarim bolachasini yasab qo'yishibdi,uni ham qo'yib qo'ydim.



Kichkinamni esa ko'zlari quvonib ketdi




Man rus forumlaridan ko'p narsalarni o'rgandim va keragini jamlab bezatdim.Odamlani  avtorlik xuquqlari buzulmasligi  uchun aytib qo'yyapman.

Mana yana ideyala:





Bu kitobning ichida 2-ta to'rt,shuning ushun ochiq kitob bo'ldi.



Agar nimanidir yaxshi tushuntira olmagan bo'lsam uzr,savollaringizga javob berishga tayyorman.
Albatta kamchiliklarimni xam yozing.
Категория: Oshxona | Просмотров: 597 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 1
0  
1 marka   (05.05.2011 12:33) [Материал]
Худо хохласа мана шу тортни албатта пишириб кураман.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]