Главная » 2011 » Июль » 13 » Bugun Twitterchilar Barak Obamani so'roqqa tutishadi
22:30
Bugun Twitterchilar Barak Obamani so'roqqa tutishadi



Prezidentga savol bermoqchi bo'lgan Twitterchi askobama.twitter.com sahifasi orqali yoki #AskObama atayin xeshtegi bilan o'z savollarini yo'llashi mumkin. Savollarga javoblar @TownHall rasmiy Twitter sahifasi orqali beriladi ("town hall" - norasmiy yig'in tahr.). 

Obamaning bugungi norasmiy yig'ini endi besh yoshga kirgan, lekin mashhurligi tobora ortib borayotgan Twitter xizmati tarixida birinchi bor yuz bermoqda. Esingizda bo'lsa bundan bir necha oy oldin AQSh prezidenti amerikalik Facebook foydalanuvchilari bilan ham onlayn suhbat o'tkazgan edi. 

AQSh prezidentining internet qurollaridan ustalik bilan foydalanishi uning 2012 yilga belgilangan prezident saylovlarida yutib chiqishga astoydil bel bog'laganidan dalildir. Sababi AQShning 44-chi va birichi qora tanli prezidenti bo'lmish Barak Obama 2009 yili prezidentlik saylovida yutib chiqishida ham internetning roli katta bo'lgan. Obama AQSh tarixida birinchi marotaba Internetdagi ijtimoiy tarmoq va bloglarni o'z saylovoldi kampaniyasida faol ishlatgani uchun "Internet prezident" degan laqab ham olgan edi.
Категория: Har-Xil | Просмотров: 468 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 BVLGARI   (14.07.2011 03:08) [Материал]
Internet Prezident

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]