Главная » 2011 » Июль » 13 » BMT YANA 40 YILDAN KEYIN ODAMLARI
17:12
BMT YANA 40 YILDAN KEYIN ODAMLARI

BMT YANA 40 YILDAN KEYIN ODAMLARI


Sayyoramiz aholisi soni katta tezlikda o‘sib bormoqda va bu dunyoga katta ko‘lamdagi fojiani olib kelishi mumkin: bir necha o‘n yildan so‘ng odamlarda oziq-ovqat, suv va hatto, havo yetishmasligi muammosi paydo bo‘ladi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘zining yaqinda e’lon qilgan aholi statistikasiga oid hisobotida to‘xtalib o‘tgan. BMTning ushbu nashrida yozilishicha, 2011-yilning o‘zidayoq dunyo aholisi soni 7 milliarddan oshadi, 2023-yilga kelib esa 8 milliardga yetadi. Bunday vaziyat odamlarning turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirda butun dunyo bo‘ylab 925 million kishi surunkali ochlikdan jabr ko‘rib yashamoqda. Amerikalik olimlarning prognozlariga ko‘ra, Yer aholisi 2050-yilga kelib 9 milliard kishiga yetadi va o‘sha paytga kelib odamlar ovqat uchun bir- birlari bilan urushishni boshlaydilar. "Global Footprint Network” ekologik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, biz shu paytgacha tabiiy yo‘l bilan suv havzalariga yig‘ilgan suvlarni, yaylovlardagi o‘t-o‘lanlarni, dengiz va ko‘llardagi baliqlarni iste’mol qilib bo‘lganmiz, serhosil yerlardagi hosillarni yig‘ishtirib bo‘lganmiz hamda barcha o‘rmon resurslarini ishlatib bo‘lganmiz. Insoniyatda hatto chiqindilarni saqlash uchun ham joy qolmadi, xususan global isish muammosini keltirib chiqarayotgan issiqxona gazlarini ham qayerga yo‘qotishni bilmaymiz. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, hozirda aholi o‘sish sur’ati bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda: butun Yer aholisi sonining 95 foiz o‘sishi ularning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Yaqin kelajakda aholisi eng ko‘p davlat Hindiston bo‘ladi. Rossiya hamda Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida esa aholi sonining kamayishi kuzatiladi.
Категория: Новости | Просмотров: 599 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 3
0  
3 BVLGARI   (14.07.2011 02:30) [Материал]
Peshonada bori Bo'ladi Aka

0  
2 JANOB_XECHKIM   (13.07.2011 21:39) [Материал]
НАСИБ КИЛГАНИ БУЛАДИ ХУЛЛАС

0  
1 BVLGARI   (13.07.2011 20:42) [Материал]
Xech Nima Bo'lmaydi Alloxni Aytgani Bo'ladi Alloxdan Boshqa Xech kim Bunaqa Qilolmidi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]