Главная » 2011 » Июль » 14 » Biz... Ishqni yig'latib ketayapmiz, yor...
08:44
Biz... Ishqni yig'latib ketayapmiz, yor...




Ayriliq onlari shunchalar og‘ir, 

Unutmoq bunchalar bo‘lmasa dushvor? 
Poyimiz o‘padi, sevgi-qon bag‘ir,
Biz ishqni yig‘latib ketayapmiz yor…

Shuncha oson ekan, sevmoq-sevilmoq,
Buncha azob ekan ayriliq dardi?
O, ishqning ko‘ziga qarolmagan chog‘,
Ko‘zni achishtirar hijronning gardi…

Mag‘rurmiz…
G‘ururlar osmondan baland,
Tuyg‘ular sochilib ketar har yona..
Muhabbat nomini yanchib o‘tib so‘ng,
Bir zumda bo‘lamiz bizlar, begona…

Ketamiz. Ergashar bizga armonlar.
Sog‘inchlar izimiz o‘pib yig‘lar zor,
Bizni kuzatgancha yig‘lar osmonlar,
Biz…
Ishqni yig‘latib ketayapmiz yor…


Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 579 | Добавил: sher_lev
Всего комментариев: 5
0  
5 tasnimka   (14.07.2011 18:06) [Материал]
chiroyli sher, lekin bahtli bo'ganla to'risida yo'mi a, hamma sherlani o'qurib siqilib kettigu........... cray

0  
4 shahzoda   (14.07.2011 17:33) [Материал]
cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray cray

0  
3 BVLGARI   (14.07.2011 08:49) [Материал]
Yana Kutamiz Sher Aka

0  
2 BVLGARI   (14.07.2011 08:48) [Материал]
Gap yo' zo'r ekan

0  
1 BVLGARI   (14.07.2011 08:47) [Материал]
Unaqada Ketmilarda Voy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]