Главная » 2011 » Май » 21 » BARMOQDEK KOMPYUTER YARATILDI!
19:14
BARMOQDEK KOMPYUTER YARATILDI!


Britaniyalik muhandis Devid Braben kattaligi barmoqdek yoki fleshkadek keladigan kompyuterning ishlashini namoish etdi. Mittigina bo`lishiga qaramay, bu qurilma ancha ishga qodir bo`lib chiqdi.
Namoish vaqtida "Raspberry Pi" deb nomlangan mikrokompyuter "OC Linux"ni va uning o`ziga atalgan bir nechta dasturlarni, jumladan, "Iceweseal" brauzeri va "Koffice" idora paketini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Braben mikrokompyuterning asosiy maqsadlaridan biri kambag`al oilalardagi dasturlashtirishga qiziquvchi bolalarni texnika bilan ta'minlashdan iborat, deb hisoblaydi.
Aftidan, shuning uchun ham "Paspberry Pi"ni foydalanuvchilarga nisbatan do`stona munosabatda deb bo`lmaydi. Qurilmada faqat ikkitagina port - USB va HDMI bor holos. Ulardan biriga klaviatura ulanadi, ikkinchisiga esa televizor yoki monitor. Aytaylik sichqoncha yoki undan ham jiddiyroq narsalar uchun shunchaki joy qolmaydi holos.
"Raspberry Pi" ning (kamerasiz) 10-15 funt atrofida bo`ladi va ixtirochining fikricha, dunyodagi eng kambag`al davlatlardagi bolalarni kompyuter bilan ta'minlash bilan shug`ullanuvchi mashhur OLPC loyixasining o`rnini bosishi mumkin. Ba'zi holatlarda dasturlashtirishga qiziquvchi bolalar bunday kompyuterni butunlay tekinga olishlari mumkin.




Категория: Hi-Tech | Просмотров: 583 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 nasri   (23.05.2011 18:07) [Материал]
DAHSHATU

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]