22:12 Ayirma joy Namozidan | |
Judo etma ham rozimdan, Qiblaga payondozimdan, Jonim bilan chiqar bilsang, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. Qalbim o'nga qizg'anchiqdir, Boshqa yo'llar sirpanchiqdir, Iymonimga yopinchiqdir, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. Yurak sajda bilan tirik, Ibodatda yo'qdur hadik, Tunlarimga tanho sherik, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. Yoshim artar yig'laganda, To'shagimdir uxlaganda, G'amdoshimdir hohlaganda, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. Qalb uyiga yo'lay ko'rma, Narxi og'ir to'lay ko'rma, Borim shu ko'z olaytirma, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. ONAmga ham aytmas so'zim, Tunlar unga aytdim o'zim, O'yib olgin mayli ko'zim, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. Xaddan ortiq bo'lsa ham keng, Firdavs bog'i yo'limga teng, Bu judolik o'limga teng, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. Sodir etib dastlab xato, Sajda qilmush ODAM ATO. Balki senga oddiy ma'to, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN. Majnun uchun go'yo Layli. Qalb xuzurida NAMOZ zayli, Kafandin et judo mayli, AYIRMA JOY NAMOZIMDAN | |
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 576 | |
Всего комментариев: 5 | ||
| ||