Главная » 2011 » Ноябрь » 7 » Aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda
17:46
Aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda


Xabaringiz bor — 7 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 16 da«Yak Servis» aviakompaniyasiga qarashli «Yak-42D» samolyoti Yaroslavldagi«Tunoshna» aeroportidan ko‘tarilayotib halokatga uchragan, ya’ni Volga daryosi qirg‘og‘iga qulagan edi. Uning bortida 45 kishi bo‘lib, ularning 37 nafari«Lokomotiv» xokkey klubi sportchilari va trenerlari, 8 nafari esa ekipaj a’zolari edi.«Interfaks» AA ma’lum qilishicha, xokkeychilar navbatdagi o‘yinda ishtirok etish uchun Minskka yo‘l olgan edilar. Yaroslavl oblasti gubernatori qaroriga ko‘ra, hududda uch kunlik motam o‘tkazildi.Fojiada halok bo‘lganlarning oilalarigaesa shahar va oblast ma’muriyatlari 450 ming rubldan tovon pulito‘laydigan bo‘ldi, aviakompaniya 2 million rubldan. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishlaricha, samolyot ko‘tarilayotib yetarlicha tezlik ololmagan. Vaholanki, uchish maydonining uzunligi 3 kilometr edi. Halokat sabablarini o‘rganish va surishtiruv o‘tkazish komissiyasi ma’lumotlariga qaraganda, ekipaj samolyotda biror-bir texnik nosozlik yuzaga kelganligi haqida dispetcherlik markazigaxabar bermagan. Radioaloqa samolyot parvozga ko‘tarilayotgan paytda uzilgan. Surishtiruv-tergov qo‘mitasi bayon qilishicha, portlovchi moddalar va u bilan bog‘liq izlar topilmagan.Rossiya Federatsiyasi havodagi harakatlar tashkilotining yagona tizimi bosh markazi tasdiqlashicha,«Tunoshna» aeroporti har qanday samolyotlarni qabul qilishga va havo laynerlari ko‘tarilishiga yaroqli. Buning ustiga, Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi 2009 yili «Yak Servis» aviakompaniyasini Rossiyadagi aviatashuvlarni amalga oshiradigan boshqa kompaniyalarga qaraganda eng xavfsizi, deya tan olgan. Ushbu laynerning havoga ko‘tarilishi uchun mas’ulbo‘lgan aviadispetcherning gaplariga qaraganda, samolyot uzoq masofagacha tezlik ololmagan va yerdan uzilish nuqtasidan ancha o‘tib havoga ko‘tarilgan. Ammo... Fojianing barcha qurbonlari jasadlari Volga daryosi tubidan g‘ovvoslar yordamida olib chiqildi. Samolyotning ikkala«qora qutisi» ham suvdan topildi. Mutaxassislar undagi barcha so‘zlashuv yozuvlarini tahlil qilib, halokat sabablarini aniqlamoqdalar. Fojia joyiga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev tashrif buyurdi. U mamlakatdagi aviakompaniyalar soni tezda qisqartirilishi va mavjud aviakompaniyalarning barchasida ekipaj a’zolarining parvozlargatayyorgarlik malakasini tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risida hukumatga topshiriq berdi. Transport vaziri o‘rinbosari V. Okulov esafaoliyati to‘xtatilishi kerak bo‘lgan aviakompaniyalar ro‘yxati tuzilayotganini ma’lum qildi.«Rossaviatsiya» manbalarida qayd etilishicha, ayni paytda mamlakatda 138 ta aviakompaniya faoliyat yuritmoqda. 16 ta aviakompaniya 57 ta«Yak-42D» samolyotidan foydalanadi. Yaroslavl ostonasidagi mazkur aviahalokatdan so‘ng«Rostransnadzor» tashkiloti bu turdagi barcha laynerlarning texnik holatini tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi. Hozirgacha «Yak Servis»,«Grozniy Avia»,«Gazprom avia»,«KrasAvia» aviakompaniyalari tasarrufidagi samolyotlardan 8 ta«Yak-42D» havo laynerining parvozini taqiqladi. Komissiya vakillarining aytishlaricha, bu samolyotlarning texnik holati zamon talabiga javob bermaganligi boisulardan foydalanib bo‘lmaydi. Darvoqe,«Yak Servis» aviakompaniyasi 1993 yilda tashkil topgan. U biznes-klassli samolyotlardan foydalanuvchi VIP-tashuvga ixtisoslashgan. Rossiya poytaxtidagi «Vnukovo»va «Bikovo» aeroportlariuning bazaviy asoschilari hisoblanadi.«Yak Servis» aviakompaniyasi ixtiyorida 4 ta «Yak-40» va 1 ta «Yak-42D» havo layneri bor. Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, «Yak-42D» samolyoti 1977 yildan ishlab chiqarila boshlangan. Halokatga uchragan samolyot esa 1993 yili ishlab chiqarilgan
Категория: Har-Xil | Просмотров: 742 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 2
0  
2 JONOB_X   (10.11.2011 02:33) [Материал]
cray cray cray cray cray

0  
1 JONOB_X   (10.11.2011 02:33) [Материал]
HA JUDAYAM YOMON BOLIB TI

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]