Главная » 2011 » Апрель » 17 » AMMO U MENI SEVMAYDI!
16:29
AMMO U MENI SEVMAYDI!


Uni qattiq sog'indim, oxirgi marta urushib sms yozishganimga afsus qildim. O'zi meni sevmasdi. Man telefon qilmasam u menga aslo telefon qilmasdi. Sekin uni raqamini terdim.. Chaqirdi javob bermadi. Birozdan so'ng yana qildim. Kimdur oldi.
- Alo eshitaman?
__assalomu alekum. Yaxshimisz?
__ vaalekum assalom, xa yaxshi raxmat?
__ Zilola bormi?
__ Yog'idi.
__Siz kimsiz?
__ man uni ortog'iman. O'zingiz kimsiz?
(uni tanidim sevgilimni eng yaqin o'rtog'i, va qo'shnisi Nazokat edi)
__Ha Nazokat bu sizmi?
__ Ha.
__ Mani tanidingizmi?
__ Yo'q! (atayin tanimaganga oldi)
__Man ...
__Xa tanidim qaleys?
__Yaxshi, raxmat, Zilola qayda?
__U telefon ishlatmayapti.
__Nimaga?
__Shundoq deyishibdiku, telefonini olib qo'yishibdi. nomerini manga berdi.
__Kim unday degan?
__Iiii.. o'zi aytmadimi? Kecha to'y kunini aniqlashdi. 15- may kuni unga to'yku.
__ Nimaa..??...?
__15-kuni unga to'y bo'lyapti.
Uzr hafa qilgan bo'lsam.
__ Nazokat rost aytyapsizmi?
__ Rost kuyovni oti Axror ekan. Man bilgan bo'lsangiz kerak deb o'ylabman.
__ Hali o'qishi tugamaganku?
__ Unisini bilmadim to'ydan keyinam o'qiyversa kerak.
__ O'zi hozir qayerda?
__ Ertalab oyisi bilan bozorga ketishgandi. to'yga ul bul olamiz deb.
__ Qachon keladi?
__ Bilmadim..

Qo'limdan telefon tushib ketdi.

Kechgacha tanigan bilgan kishilarni hammasiga telefon qilib ko'rdim. Bir gap chiqmadi. Sinfdoshlari, o'rtoqlari aniqroq javob bermadi. Kechroq yana o'zini nomeriga telefon qilsam o'chirilgan dedi.
Nima qilishga boshim qotgan. Agar rost bo'lsa to'yiga 12 kun qolibdi. Man bu 12 kun ichida uyga qaytolmasdim. Nima bo'lsayam ketishga harakat qildim 15 - kuni men uchun vaqt toxtadi. va 17-kuni uyga qaytdim.

Sen bilmading holimni.
To'yingni eshitgandagi ahvolimni.
Yigit bo'lsamam rosa yig'ladim.
Yoqottim deya Zilolimni.

O'zga yurtda yursam ham.
Ko'zimni qilding nam.
Yig'ladim topolmay malham.
Yoqottim deya Zilolimni.

Dardimni aytgani do'st topolmadim.
Darrov huzuringa chopolmadim.
Ko'zda yoshim toxtatolmadim.
Yoqottim deya Zilolimni.

Vaqt o'tmadi, soat yurmadi.
Ishda hayol aslo turmadi.
Ko'zim hech narsani ko'rmadi.
Yoqottim deya Zilolimni.

Ko'nglimga qil sig'masdi.
Meni so'ygan tig'masdi.
Hechkim menchalik yig'lamasdi.
Yoqottim deya Zilolimni.

Tunda uyqim kelmasa.
Sen buni bilmasang.
Yuragim bunchalik siqilmasa.
Yoqottim deya Zilolimni.

Suratinga qarab tamom bo'ldim.
O'sha kuni ming bora o'ldim.
Ich ichim-la dardga to'ldim.
Yoqottim deya Zilolimni.

Tanimadim o'zimni o'zimga qarab.
Butun vujudim og'ridi zirqirab.
Dod soldi yuragim chinqirab.
Yoqottim deya Zilolimni.

Gapim bor ediku bir og'iz.
G'arib qoldimmi yolg'iz.
Qanday yashayman endi sensiz?
Yoqottim deya Zilolimni.

Afsus visolinga yetolmadim.
Bir bora qo'lingdan tutolmadim.
Bugun dod soldim chidolmadim.
Yoqottim deya Zilolimni.

( 16 may 2009)

Uyga keldimu birinchi ko'chasiga bordim. To'y bo'lmabdi. Uni ko'rdimu hech narsa demadim. Uni qattiq sevardim. To'y bo'lmaganidan xursand bo'ldim. Aldanganimdan hafayam bo'ldim. Lekin shu aldanish bo'lmaganda undan ayrilib qolish qanchalik og'ir bo'lishini to'lig'icha his qilolmasdim. Endi rostanam ayrilib qolishdan juda qo'rqaman. Ammo u meni sevmaydi.
Категория: Har-Xil | Просмотров: 560 | Добавил: JONIM-FIDO
Всего комментариев: 5
0  
5 Oyimtila_Honimcha   (23.04.2011 04:44) [Материал]
raxmat

0  
4 _ShaxboZ_   (18.04.2011 00:30) [Материал]
zo'r

0  
3 marka   (17.04.2011 17:58) [Материал]
Агар сизни шу киз такдирингизга ёзилган буса барибир бирга буласизла насиб буса.

0  
2 BVLGARI   (17.04.2011 16:42) [Материал]
hammasi emasku kopi menikiga ohshedi ekan

0  
1 BVLGARI   (17.04.2011 16:41) [Материал]
meni qismatimku bu

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]