Главная » 2011 » Апрель » 20 » 3 savolga 1 oddiygina javob....!
21:39
3 savolga 1 oddiygina javob....!







Bir kishi bor ekan, o'zini juda mag'rur sanar ekan, Allohning birligi tugul borligigada ishonmas ekan

Uni xidoyatga da'vat qilganlarga xar doim o'z tushunchasi va nazariyalari bilan qarshi turib xar safar o'zinikini maqularkanda xidoyatga kelmas ekan, (Zero Alloh hidoyat qilmasa bandasida xoxish yo'q)

Shu o'jar mag'rur kishi dinga da'vat qilgan kishilarga 3 ta savol berarkan, agar shu savollarimga javob bersang, albata men dinga kiraman va Allohning borligiga iymon keltiraman der ekan. Aksiga olib ko'pincha shu mag'rur kishini dinga da'vat qilayotgan mo'minlar din ilmida mukaMmal emas ekanlar, bilimlar sayozligidan gaplari u kishiga ta'sir qilmas va shu Mag'rurning ko'ngli to'ladigan javob berisha olishmas ekan.

Bir kuni ushbu mag'rur kishimiz, yo'l taqazosidan bir Alloh suygan Solih bandaga xamrox bolib qolibdi, Solih kishi yo'l davomida ibodat qilibdi amri ma'ruf qilibdi va hokazo diniy amallarni bajaribdi. Shunda xaligi Mag'rur kishi Solih kishiga axir birodar Alloh deysan ibodat qilasan bundan senga nima naf debdida, men Allohga uning borligiga ishonmiyman debdi, xamda men shuncha kishilar bilan dindorlar bilan suhbatlashdim dinga da'vat qilishdi, savol berudim javob bera olishmadi , mana ko'rdiz deb maqtanibdi
Solih banda, uning gaplarini sukut saqlab eshitibdida, keyin xosh qanaqa savol bergandiz, biz xam eshitib ko'raylikchi debdi.

Savolim shundan iboratki deb gap boshlabdi Mag'rur kishi,

1 dan. Allohga ibodat qil u bor Olamni yaratgan deysizlar, qani bo'lsa menga ko'rsating unga iymon keltiray, bir ko'raychi qanaqaligini?

2 dan. Taqdir taqdir deysizlar, taqdirni Aloh oldinda yozib qoygan deysizlar qanday qilib oldinda yozib qo'yishligi mumkin?

3 dan. Alloh shaytonni olovdan yaratdi deysizlar, ammo oxiratda shaytonni olovdan bo'lgan do'zaxga soladi deysizlar axir shayton xam olovdan yaratilgan bolsa, olov bilan olovga qanday qilib azob berish mumkin, bunda mantiq qani deb savol beribdi, mag'rur xolda, o'ziga ishonib.

Bu gaplarni eshitgan Solih banda, savol berguvchining qulog'i tagiga shapaloq tortvoribdi. Safar davomida o'zining odobliligi, xushfelligi bilan alohida xurmat uyg'otgan, mo'min solih kishi bo'lgan bir inson oddiy gapga shapaloq tortib yuborganidan xayron qolgani g'azab qilganidan ustun turgan Mag'rur kishi Solih bandadan niaga bunaqa qilganini so'rabdi.

Solih banda, sen 3 savol berding, mening senga urgan shapalog'im xar uchala savolinga javob bo'la oladi debdi.
Solih kishidan gapini ma'nosini tushuntirib berishini so'raganidan keyin, u shunday debdii:

- Men seni urdim, urganda nimani xis qilding, og'riqni, endi shu narsani ya'ni og'riqni menga ko'rsatib berchi, ko'rsataolmaysan chunki og'riqni ko'rib emas xis qilib bo'ladi, shunday ekan dunyoda shunday narsalar borki uni ko'rish mumkin emas, Amo uni qalban fikran ong bilan xis qiladi kishi, Allohni xam brligini qalban fikran xis qilib ong bilan tasdiqliymiz, bu sening birinchi savolingga javob !

- Men senga shapaloq urdim, ammo shuni urishimdan oldin sen urishim xaqida bilarmiding, yoki kecha yoki o'tgan kuni bilganmiding yo'q bimagansan, bu sening taqdiringda bor edi va o'zing meni oldimga kelib taqdiringdagi nasibangni olding, shuni taqdir deydilar, taqdiringdagidan ozgina ko'p xam kam xam nasiba olaolmaysan bu xayotda, bu sening ikkinchi savolinga javob edi.

- Men seni teridan iborat bo'lgan qo'lim bilan urdim, teridan iborat bo'lgan yuzingga, natijada og'riq berdi, sen azoblanding,Teri bilan terini tekkizishdan og'riq xosil qila olgan Alloh nimaga endi olovdan yaratilgan shaytonga olov bilan azob bera olmasa, Alloh istasa suyuqlik mijozi bo'lgan ko'katdan olov chiqaradi, Alloh istasa, qurqulik mijoz bo'lgan toshdan giyohundiradi, bu sening uchinchi savolinga javob edi, degan ekan

Biroz sukut saqlab tafakur qilib ko'rgan mag'rur kishi, ko'zida yosh bilan Allohga tovba tazaru qilib iymon keltirgan ekan!!!
Категория: Islamic | Просмотров: 595 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 marka   (20.04.2011 22:17) [Материал]
ОЛЛОХИМ хамиша узи уз панохида асрасин.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]